Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xorijiy korxonalar asosan savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
2026 yilning 1 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 513 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning eng katta qismi savdo sohasida jamlangan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mavjud korxonalardan 4 282 tasi qo‘shma, 14 231 tasi esa to‘liq xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qaralganda, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida — 6 623 tani tashkil etgan. Shuningdek, sanoat sohasida 3 817 ta, qurilish sohasida 1 444 ta va axborot hamda aloqa sohasida 1 414 ta korxona faoliyat olib bormoqda.
Bundan tashqari, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 774 ta, tashish va saqlash sohasida 593 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 478 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida 217 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Shu bilan birga, 3 153 ta korxona iqtisodiyotning boshqa turli sohalarida ish olib bormoqda. Bu esa mamlakatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi biznes sub’yektlari turli tarmoqlarda faol ravishda rivojlanayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
12:32 / 03.07.2026