Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi ishtirokidagi janjalda 18 yoshli yigit vafot etdi
Toshkent viloyati Angren shahrida 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh katta bolani o‘ldirib qo‘ydi. Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 20 mart kuni soat tungi 23:30 lar atrofida Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi, umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi (2008 yilda tug‘ilgan) M.D. 2006 yilda tug‘ilgan O.A. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashgan.
O.A. ushbu janjal natijasida olgan tan jarohatlari oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat darsdan tashqari, tungi vaqtda sodir bo‘lganini eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
19:01 / 18.01.2026
Toshkent viloyatidagi uylardan tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan 17,5 tonna qum va toshlar topildi
11:12 / 14.01.2026
Surxondaryoda 9-sinf o‘quvchisi 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
10:30 / 13.01.2026
Chotqol tizmasida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:15 / 07.01.2026