Toshkentda fuqaroga yer olib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Foto: KUN.UZ
Toshkent viloyatidan fuqaroga auksion orqali yer olib berishni va'da qilib, undan 80 mln so‘mni qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.S. o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolar M. va O. ga Toshkent viloyatidan 27 sotix yer maydonini “Elektron onlayn auksion” orqali olib berishiga ishontirib, ularning jami 80 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

15:44 / 16.03.2025
Xorazmda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

11:41 / 07.03.2025
Yerni ijaraga olish uchun auksionda boshlang‘ich narxni belgilash tartibi o‘zgardi

10:18 / 07.03.2025