Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya banki «Poytaxt bank»ni xususiylashtiradi
O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Rossiyaning «Ekspobank» banki bilan Toshkentdagi iqtisodiy forum doirasida «Poytaxt bank»ni xususiylashtirish to‘g‘risida memorandum imzoladi, deb xabar berdi Moliya vazirligi.
Joriy yil boshida agentlik «Poytaxt bank» AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotish niyati borligini e'lon qilgandi. Moliya vazirligi rejalashtirilgan bitim tafsilotlariga aniqlik kiritmadi.
«Poytaxt bank» AJni xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida Deloitte konsalting kompaniyasi tanlandi.
Bank O‘zbekiston prezidentining 2017 yildagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bankning asosiy faoliyati - tijorat bank operatsiyalari, qimmatli qog‘ozlar, valuta bilan operatsiyalar, kredit va kafolatlar berish.