Qöşni davlat OTMlaridan respublika OTMlariga öqişni köçirişning qöşimça tartiblari belgilandi.

Bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyevning öz Telegram-kanalida yozişiça, Davlat qabul komissiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoniga muvofiq, quyidagilar belgilangan:

  • qöşni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga öqişi köçirilişi ruxsat berilgan talabalar soni taqsimoti OTMlar kesimida tasdiqlandi;
  • qöşni davlatlarning OTMlarida kamida bir semestr mobaynida öqişini davom ettirmasdan, boşqa davlatlarning (xususan, Rossiya Federatsiyasi va boşqa davlatlar) OTMlaridan öqişini öquv yilining yarmida köçirib ötgan talabalarning öqişi köçirilmaydi.

Blogerning yozişiça, qöşni davlatlardan öqişni imtihonsiz köçiriş mumkinligi haqida xabar çiqqaç, Rossiya yoki Ukrainada öqiyotgan talabalar uddaburonlik bilan öz öqişini qöşni davlatga (asosan Qozoğiston) köçirib ötişni boşlaşgan.

«Ammo ular Qozoğistonda hatto 1 semestr ham öqişgani yöq. Ana şunday talabalar öqişini Özbekistonga köçira olişmaydi», deydi u.

  • Qöşni davlatlarning OTMlarida masofaviy ta'lim şakli böyiça va onlayn tarzda tahsil olayotgan talabalarning öqişini köçirişga ruxsat berilmaydi;
  • qöşni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga öqişini köçiriş faqatgina joriy yilda Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oşirilişi qat'iyan belgilab qöyildi.

Xuşnudbek Xudoyberdiyevning yozişiça, köpçilik joriy yildagi kabi öziga xos «amnistiya» har yili böladi, deb öylaşmoqda va şu sababli yozda qöşni davlatlarga oldingidan bir neça barobar köp yoşlar öqişga ketişni reja qilib turişibdi.

«Uyoqqa imtihtonsiz öqişga kiramiz, keyin qişda öqişini imtihonsiz köçiramiz, deb öylaşayotgandi. Şuning uçun ham qarorda aniq belgilandiki, bunday aksiya faqat joriy yilda böladi, keyingi yillarda umumiy tartibda imtihon asosida öqişni köçiriş mumkin böladi».

Şuningdek, qöşni davlatlardagi OTMlardan öqişni köçiriş natijalari uç kun muddatda tegişli OTMlarga yetkazilişi ma'lum qilingan.

«Olingan ma'lumotlarga köra, jami 36 ming 400 nafardan köproq talabaga öqişini 80ta OTMga köçirişga ruxsat berildi», deb ma'lum qildi Respublika oliy ta'lim kengaşi a'zosi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.