Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom Karimovning o‘g‘li maosh to‘lamaganligi sababli ish beruvchini sudga berdi
Pyotr Karimov/Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
O‘zbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li - Pyotr - Moskva shahrining Tver sudiga ish beruvchidan o‘ziga belgilangan pul mablag‘larini undirib berishni so‘rab murojaat qildi.
«Izvestiya» ma'lumotlariga ko‘ra, u «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasida bir necha yil davomida yuqori lavozimda ishlagan, biroq otasining o‘limidan biroz vaqt o‘tgach, o‘z o‘rnini yo‘qotgan. Bunday holatlarda berilishi mo‘ljallangan pul mablag‘lari unga to‘lanmagan.
Endilikda sud orqali kichik Karimov o‘ziga belgilangan pulni olishga harakat qilmoqda. Uning arizasida da'vosi quyidagicha ifodalanadi: «to‘lanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat bo‘yicha nizolar». Bu borada boshqa hech qanday tafsilot ochiqlanmagan.
Mavzuga oid
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
14:10 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
12:08 / 19.03.2026
Qashqadaryo viloyat sudi nishonlik fermerning murojaati yuzasidan izoh berdi
21:49 / 18.03.2026