O‘zbekiston | 10:32 / 21.12.2018
32422
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi Shavkat Mirziyoyevni «Yil odami» deb e'lon qildi

Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi (AJA) «Yil odamlari»ni e'lon qildi.

Assotsiatsiya ro‘yxatida LG Group sobiq raisi Ko Bon-mu iqtisodiy yo‘nalishda «yil odami»ga aylandi. May oyida vafot etgan Ku konglomeratni tez o‘sish va global kompaniyaga olib kelgani uchun mukofotni oldi. Shuningdek, guruh ijtimoiy adolat uchun o‘zlarini qurbon qilgan shaxslarni tan olish maqsadida mukofot ta'sis etdi.

Ko Bon-mu
Foto: REUTERS

Futbol bo‘yicha Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi Pak Xan-seo jamiyat va madaniyat yo‘nalishida «yil odami» bo‘ldi, sababi u terma jamoani ketma-ket g‘alabalarga olib kelgan. Qayd etilishicha, u Vetnam xalqining birligiga hissa qo‘shdi.

Pak Xan-seo
Foto: AFP/Getty Images

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosiy yo‘nalishda «yil odami», deb e'lon qilindi. U Markaziy Osiyoda tinchlik o‘rnatish va mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikni davom ettirishga harakat qildi. 2016 yil dekabrda prezidentlikka kelganidan beri, u iqtisodiyotni ochish hamda inson huquqlarini yaxshilashga qaratilgan siyosatni isloh etdi.

Foto: Getty Images

Misrlik jarroh Magdi Habib Yoqub jamiyat va madaniyat yo‘nalishida tanlandi. U Magdi Yacoub Institution o‘z muassasasi orqali bepul yurak transplantatsiyasini taqdim etib, Afrikadagi ko‘plab bolalar hayotini saqlab qoldi.

Magdi Yacoub
Foto:  Abbie Trayler-Smith/The Telegraph

«Bu shaxslar AJA yetakchilari tomonidan yakuniy muhokama va har bir mamlakat vakilining bahosidan so‘ng tanlandi», - dedi AJA prezidenti Ashraf Dali. 

Taqdirlash marosimi 2019 yilning bahorida, AJA Bosh assambleyasida bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid