Jahon | 12:18 / 26.04.2017
5398
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Asad prezident bo‘lib qolar ekan, Suriya ixtilofini hal qilib bo‘lmaydi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida Bashar Asad Suriya prezidenti bo‘lib qolar ekan, Suriya ixtilofini hal qilib bo‘lmasligini aytdi.  

"Asad Suriyadagi vaziyatni hal qilishning yechimi hisoblanmaydi. Yechim paydo bo‘lishi uchun Suriyani Asaddan xalos etish kerak", deb aytdi Erdo‘g‘an. Uning aytishicha, "Asad hokimiyat tepasida qolar ekan, yechimni yaratib bo‘lmaydi".

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an "Vladimir Putin, Donald Tramp, Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Qatar Suriyada yechimni topishga urinishda faol rol o‘ynaganini" ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, "barcha birlashib, Suriyaga o‘z yechimini qabul qilishda yordam berishi mumkin".    

"Asad yuz minglab odamlarni o‘ldirdi va mening davlatimda 3 mln qochqin, Livanda 1,5 mln qochqin, Iordaniyada esa 1 mln qochqin bor va bu odamlar o‘z yurtlaridan qochganlar", deb aytdi Erdo‘g‘an. Erdo‘g‘anning qo‘shimcha qilishicha, Asad bu ko‘rguliklarning sababchisidir va shu tufayli Suriya xalqiga yetakchi tanlashga imkon berish kerak. Axborot agentligining ta'kidlashicha, Erdo‘g‘an Asadning o‘rnini egallaydigan ko‘plab nomzodlar borligiga ishonchi komil.

Mavzuga oid