Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov hamda mamlakatning Kuvaytdagi elçisi Ayubxon Yunusovning Damaşqqa taşrifi taşkil etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.

Taşrif doirasida Özbekiston delegatsiyasi a’zolari Suriya Savdo palatalari federatsiyasi hamda Suriya Taşqi işlar vazirligi vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Muzokaralarda Özbekiston va Suriya örtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş istiqbollari, özaro savdo hajmini oşiriş yöllari hamda qöşma korxonalar taşkil etiş masalalari muhokama etildi.

Şuningdek, Özbekistonda işlab çiqarilgan tovarlar, xususan farmatsevtika, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini Suriyaga eksport qiliş, mahsulotlar narxi hamda transport-logistika yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi. Uşbu yönalişdagi muzokaralarni davom ettiriş muhim ekani ta’kidlandi.

Turizm sohasida hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida ikki davlat turizm vazirlarining özaro taşriflarini taşkil etiş yoki dastlabki bosqiçda onlayn uçraşuvlar ötkaziş imkoniyatlarini örganib çiqiş zarurligi qayd etildi.