Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z uyida besh yo‘nalishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan oila
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani Intilish mahallasida yashovchi Karimjon To‘ychiyev o‘z uyida 5 turdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda.
U uzumchilik va issiqxona bilan shug‘ullanadi, baliq, inkubator jo‘jalari va «Brama» zotli tovuqlarni boqishni yo‘lga qo‘ygan. Uning aytishicha, bunday tadbirkorlik ortidan yiliga 300 million so‘mgacha daromad qilish mumkin.

Oq husayni uzumi vodiydan keltirilgan. Qishloq aholisi orasida «Tulki dumi» deyiladi. U sentyabr oyida pishib yetiladi. Hosilga kirgunga qadar 3-4 marta xomtok qilinadi. Ishkomda rizamat va husaynining boshqa navlari ham parvarishlanadi.

«Hozir «Brama» zotli xonakilashtirilgan tovuqlarni boqyapman. 4 oylik bo‘lsa-da, xo‘rozlari 5–6, tovuqlari 3–4 kilogacha tosh bosadi yetadi. Bu zot turli ob-havoga chidamli hisoblanadi. Bundan tashqari, tovuq tuxumlaridan inkubator orqali bir martada 12 mingta va bir mavsumda 60-70 mingta jo‘jalar yetishtirib, xalqimizga yetkazib beramiz», — deydi Karimjon To‘ychiyev.

Xonadonda baliq yetishtirish uchun hovuz ham tashkil etilgan. Hovuzda zog‘ora, amur, laqqa va boshqa baliqlar boqiladi. Boqilgan baliqlar yarim yilda 3 kilogacha semiradi.
«15 sotixli issiqxona ham tashkil qilganman. Joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida pomidor ekkanman. Fevral–iyul oylarida birinchi mavsum hosilini terdik. Iyul oyida ikkinchi marta pomidor ko‘chati ekkan edik. Hozirda bir kilosini 7 ming so‘mdan topshirdik. Har haftada hosilni terib olamiz.

Terim oktyabr oyi oxiri va noyabr oyigacha davom etadi. Undan keyin ismaloq, ukrop, petrushka va boshqa turli ko‘katlar ekiladi. Bu orqali qishda ham daromad olishimiz mumkin», — dedi Karimjon To‘ychiyev.
Mavzuga oid
12:19 / 30.12.2025
Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketishi oqibatida 4 yigit halok bo‘ldi
09:13 / 27.12.2025
Bozor xizmatlari hajmi e’lon qilindi: eng past ko‘rsatkich Sirdaryoda
19:24 / 20.12.2025
Sirdaryo tumanida psixotrop va giyohvandlik moddalari muomalaga kiritilishining oldi olindi
09:36 / 05.12.2025