O‘zbekiston | 15:05 / 22.04.2021
23616
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda «Damas» 8 yoshli bolani urib yubordi. U shifoxonada vafot etdi

Namanganda “Damas” avtomobili 8 yoshli bolani urib ketdi, u shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.

Joriy yil 14 aprel kuni soat 16:30larda, Namangan viloyati, Namangan tumani, “Mullaqudinov” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.S. "Damas" rusumli avtomobilni boshqarayotib, chap tomondan o‘ng tomonga yugurib yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil ag‘darilgan.

Natijada, piyoda, 2013 yilda tug‘ilgan A.Sh. tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan yo‘llarda piyodalarga e'tiborli bo‘lishni, ota-onalardan maktabga borish va qaytishda voyaga yetmagan farzandlari bilan birga, bolani nazorat qilgan holda avtomobil yo‘llaridan o‘tishni so‘raymiz”, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid