Jamiyat | 11:36 / 30.12.2016
27505
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” teleko‘rsatuvi yanada ko‘paytiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. 

Xususan, unda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining bir oy muddatda “Mahalla” telekanalida yoshi kattalarga bag‘ishlangan va har kuni namoyish qilinadigan “Keksalar davrasida” doimiy ruknini tashkil etishi ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek “Mahalla” telekanalida har oyda “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” teleko‘rsatuvining bittadan yangi seriyasini tayyorlanishi va namoyish etilishi ham belgilab qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid