Özbekiston yoşlar ittifoqi hamda «MY5» telekanali tomonidan  ötkazilayotgan «Vunderkind şou telekörsatuvi» öz bilimiga işongan maktab va kollej bitiruvçilarini «ring»ga çorlaydi.

«Vunderkind şou telekörsatuvi» Özbekistonning bilimli, kitobsevar yoşlariga öz iste'dodlarini namoyiş etişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, moddiy va ma'naviy qöllab-quvvatlaş, rağbatlantiriş va keng jamoatçilikka taniştiriş maqsadida har yili an'anaviy tarzda tanlov şaklida ötkaziladi, tanlov «Mening yurtim» (My5) telekanali orqali efirga uzatiladi.

Endi bilimingiz sizga foyda keltiradi va millionlar sohibiga aylantiradi!

Aniq va ijtimoiy fanlar yönalişidan birini tanlang, tengdoşlaringiz bilan bellaşing va 50 million söm pul mukofotini qölga kiriting!

Buning uçun 3 bosqiçli tanlovdan ötişingiz kerak.

1-bosqiçda «Vunderkind şou telekörsatuvi»da qatnaşiş uçun iştirokçilar kasting bilan 2ta yönaliş – aniq va ijtimoiy fanlar böyiça test asosida tanlab olinadi.

2-bosqiçda  bevosita kastingda ğolib bölgan iştirokçilar «Vunderkind şou telekörsatuvi»da 4ta şart asosida özaro bellaşadilar va körsatuvning har bir sonida bir nafardan ğolib iştirokçi final bosqiçiga yöl oladi. Va nihoyat, final bosqiçida har ikki yönaliş böyiça jami 6 nafardan 12 iştirokçi asosiy ğoliblik uçun kuraş olib boradi. Final bosqiçida har ikki yönaliş böyiça 1-örinni olgan iştirokçilarga 50 million sömdan pul mukofoti va sertifikat beriladi. 2- va 3-örin sohiblariga qimmatbaho sovğalar va sertifikat beriladi.

Tanlov dovonlaridan ötişga işonçingiz komilmi? Kuçli va bilimlimisiz?  Aqlli millionerga aylanişni xohlaysizmi? Unda sizni «Vunderkind şou telekörsatuvi»da kutamiz. Qatnaşing va ğolib böling! Öz bilimiga işonganlarni bilim maydonida sinaymiz!