Avstraliyaning çekka hududlarida bir neça kun adaşib yurgan britaniyalikka “muşkul vaziyatda omon qoliş” haqidagi telekörsatuv tirik qolişiga yordam berdi, deb xabar qildi Telegraph naşri.
Ma'lum qilinişiça, 32 yoşli Entoni Kollinz sevgan qizi bilan Pert şahridan Darvin şahriga sayyohat qilişga qaror qilib, mamlakatning eng çekka hududlaridan biridan 4 000 km lik masofani bosib ötmoqçi bölganlar. Ular taxminan yölning yarmiga kelganda urişib qolib, turli tomonga qarab ketişgan. Qumga tiqilib qolgan avtomobilni ham taşlab ketişga töğri kelgan.
Qiz taşnalik va atrof-muhitni anglay olmaslik holatida konçilar lagerigaça yetib borgan va öşa yerda yigitining yöqolganini ma'lum qilgan. Yigitni uç kun ötib topişga muvaffaq bölingan. Qutqaruv operatsiyasiga aviatsiya hamda mahalliy izquvarlar jalb etilganlar.

Keyinçalik Kollinz britaniyalik sayyohatçi, teleboşlovçi va yozuvçi Bear Grillsning “Har qanaqasiga omon qoliş” körsatuvini körişdan olgan malakalar evaziga tirik qolganini ma'lum qilgan. Bu körsatuvda Grills şaroiti oğir, yovvoyi joylarga borib, u yerda qanday omon qoliş mumkinligini namoyiş qiladi.
Britaniyalik 3 kun içida qönğizlar va gullar bilan oziqlanganini hamda keçqurun sovqotib qolmaslik uçun qumga kömilib, ustini barglar bilan yopganini sözlab bergan.
Kollinz topilgaç, vertolyotda Ğarbiy Avstraliya ştatidagi şifoxonaga yetkazilgan. Times naşrining ma'lum qilişiça, yigitga 7 avgustda şifoxonadan javob berişgan. Kollinz şifoxonadan çiqişi bilan sevimli qizi bilan çölga qaytib, u yerda qoldirib ketilgan avtomobilni qaytarişga oşiqqan.












