“Yor-yor” dasturining 2022 yil noyabr oyida efirga uzatilgan 496-sonida 34 yoşli (nogironligi bölgan) ayol Tabassum Yunusova körsatuvga oila quriş maqsadida kelganini aytgan.

Boşlovçilar unga bir neçta savollar bergan. Tabassum ukasi va singlisi oila qurgani, onasi 19 yil oldin vafot etgani, özi esa şu vaqtgaça oila qurmagani va baxtini topiş niyatidaligi haqida gapirgan.

Boşlovçi Muhabbat Hamroyeva körsatuv davomida unga kulib yurib, negativ energiyadan xalos böliş lozimligini ta’kidlaydi:

Muhabbat Hamroyeva: Avval ismingizdan boşlaylik, tabbasum qiling, men bir köray.

Tabassum: Assalomu alaykum. Sizlarning oldingizga televizorda körib keldim, menga yigit topib berişingizni sörayman.

Boşlovçilar qahqaha otib kuladi.

Omina Karimova (kulib): uylangan bölsa ham böladimi?

Tabassum: böladi.

Muhabbat Hamroyeva: Omina opa, töxtab turing, nimaga şoşasiz, bu tabassum bilan aytmadi-da, yana öşa jiddiy ohang bilan… sal qoldi orqasidan bir şapaloq urişingizga. Ana, ana endi tabassum böldi. Yana öşa gapni aytaman, tabassum ham bir ehson, singlim, yaxşi gapiriş ham ehson. Şuning uçun şu narsalarni özingizga sal uqtirib oling.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoda tarmoq foydalanuvçilari boşlovçilarni nogironligi bölgan ayolni masxara qilib kulganlikda ayblamoqda. Ayrim foydalanuvçilar esa boşlovçilarning javobgarlik masalasini körib çiqiş kerakligini ta’kidlamoqda. 

Nemolchi.uz loyihasi asosçisi Irina Matviyenko körsatuvdagi holatni qoraladi.

“Odamlarning bunday qilişiga aql bovar qilmaydi. Hatto provokatsion telekörsatuv uçun ham. Ular ayollardan nafratlanadi, inson huquqlarini poymol qiladi, insoniylikni mensimaydi. Nozima Davletova ommaviy axborot vositalari qanday qilib stereotiplarni şakllantirişi haqida köp gapiradi, lekin menimça, telekanallar reytingi qadriyatlardan muhimroq”, -