«Özbekiston 24» telekanalida «Qarama qarşi» deb nomlangan körsatuv efirga berildi. Unda tungi klublar faoliyati tahlil qilindi. Körsatuv iştirokçilari tomonidan tungi klublarda röy berayotgan noxuş holatlar, bunday muassasalarning soliqdan böyin tovlayotgani, yoşlarning ma'naviyati va ongiga salbiy ta'sir ta'sir körsatayotgani haqida söz yuritilgan.

Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi kameral-nazorat bölimi boşliği örinbosari Nuriddin Erkaboyevning aytişiça, tungi klublarning tuşumi tahlil etilganda, amaldagisidan tört barobar kamaytirib körsatilgani aniqlangan. Bu — katta miqdordagi soliqdan qoçiş demakdir.

Toşkent şahar prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi boşliği Oybek Mannonov esa tergov jarayonida aniqlangan holatlar haqida sözlab berdi.

Körsatuvda huquqni himoya qiliş organlari, sportçilar, mahalla faollari, mutaxassislar tomonidan tungi klublar faoliyati va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etiş haqida söz yuritilgan. Iştirokçilar tungi klublar faoliyatini tartibga soliş, yoşlarning madaniyatini yuksaltiriş borasidagi taklif va mulohazalarni örtaga taşlagan. Uni quyidagi video orqali özingiz ham tomoşa qilib, xulosa qilişingiz mumkin.