Garçi suratga oliş işlari 13 oktabr kuni ötkazilgan va voqea sodir bölganiga 9 kun ötgan bölsa-da, daryoda inson vahşiyligi oqibatida yuzaga kelgan ekologik inqiroz izlari xuddi keçagidek böy körsatib turgan edi.
Minglab baliqlar orasida ölik qisqiçbaqalarni ham köriş mumkin edi. Ekologlarga köra, zahar kuçliligi bois ölik qisqiçbaqalarni hatto quşlar ham yemaydi.
Mahalliy aholi vakillarining aytişiga qaraganda, zaharli suv daryodagi tirik jonzotlarni qirib yuborgaç, bu voqea ommaga ma'lum bölib, şov-şuv keltirib çiqarişi ortidan, daryo suvi birdan kötarilib ketgan. Ya'ni kimdir bu tomonga oqadigan suv yölini oçib yuborişni buyurgani va aynan şu yöl bilan jinoyat izini yopişga uringan degan taxmin bor.


Ekologiya qömitasi işçi guruhi 4 oktyabr kuni aniqlangan holat böyiça örganişlar ötkazib, 13 oktyabrda tuzgan dalolatnomasida quyidagiça xulosa bergan:
“Navoiyazot” AJ tomonidan 1-taşlama (№267-quduq orqali) Zarafşon daryosiga belgilangan me'yorlardan yuqori ifloslangan oqova suvlari taşlangani daryoda baliqlar nobud bölişiga olib kelgan”.
Açinarlisi, suvga zaharli moddalarni oqiziş bir martalik holat emas, balki surunkali bölişi mumkin. Ekoqöm taqdim etgan dalolatnomaga köra, 4 oktyabr kuni olingan tahlil natijalariga köra, suv namunalari tarkibida azot ammoniy belgilangan me'yorlardan 20 barobar, azot nitrat 2,5 barobar, azot nitrit 52,5 barobar, xloridlar 1,22 barobar, mis ionlari 2,2 barobar yuqoriligi aniqlangan.
7 oktyabr kuni xuddi şu 267-quduqdan olingan namunalarda azot ammoniy belgilangan me'yorlardan 21 barobar, azot nitrat 2,6 barobar, azot nitrit 60 barobar, xloridlar 1,3 barobar, mis ionlari 2,1 barobar yuqoriligi aniqlangan.
9 oktyabrda olingan namunalarda esa azot ammoniy belgilangan me'yorlardan






















