Bugun, 10 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisidan jonli efir bor-yöği 48 daqiqa davom etdi xolos. Deputatlar muhim qonun loyihalari muhokamasi va amaldorlarning eşituvini doimgidek “pardalar ortida” ötkazişdi.
Prezident farmoniga zid ravişda uç safardan buyon majlislarni jonli efirga uzatmayotgan xalq vakillaridan izoh oliş uçun parlament quyi palatasi binosiga bordik. Lekin deputat va palata matbuot xizmati boşliği Navröz Rizayev qönğiroqlarimizga javob ham bermadi. Matbuot xizmatining boşqa xodimlari esa Oliy Majlis quyi palatasi nega prezident farmoniga bepisandlik bilan qarayotganiga izoh bermadi.

Avvalroq, Qonunçilik palatasidagi “Hukumat soati” ham prezident farmoniga zid ravişda jonli efirga uzatilmagandi. Palata matbuot xizmati Kun.uz söroviga javoban Telegram'dagi yozma translatsiya ham jarayonni jonli yoritiş deb hisoblanişini bildirgandi.
Biz prezident farmonida Oliy Majlis tadbirlarini jonli efirda yoritişga mas'ul bölgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligida ham böldik. Agentlik xodimlari masala yuzasidan faqat matbuot kotiblari javob berişini bildirdi. Aksilkorrupsiya agentligi matbuot kotiblari boşqa tadbirda bölgani uçun bu taşkilotdan ham izoh olişning imkoni bölmadi.

Şundan söng, farmon ijrosi bevosita topşirilgan va uşbu masalaga asosiy mas'ul taşkilot Milliy teleradiokompaniyaga bordik. Buni qarangki, 2022 yil uçun budjetdan 500 milliarddan köproq pul oladigan bu taşkilot xodimlarining aksari biz kelgan vaqtda majlisda bölib çiqdi.












