Jamiyat | 20:10 / 19.03.2018
11977
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda yangi masjid faoliyat boshladi

Bugun Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Intilish mahallasida 1000 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan «Ahmad ibn Malik» jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyatda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan 74-masjid sifatida faoliyat boshlagan mazkur masjidning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat hokimi o‘rinbosari Erkin Mo‘minov, viloyat prokurori Ravshan Masharipov, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i Shakir Saidov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rais o‘rinbosari Ibrohim Inomov va Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Mo‘minjon Usmonov ishtirok etib, yurtdoshlarimizni masjid ochilishi bilan tabrikladi.

Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi
Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi

Masjid ochilishi shukronasiga jonliq so‘yilib, muhtoj oilalarga tarqatildi. Yangi masjidning imom-xatibi Ulug‘bek domla Qobilovga Adliya boshqarmasining guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi. Masjidni bino bo‘lishida o‘z hissasini qo‘shganlar haqiga duoi-xayrlar qilinib, masjidni to qiyomat musulmonlarga xizmat qilishini Yaratgandan so‘raldi. 

Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi

Ziyoratchilar masjidni ziyorat qilib, ikki rakatdan namoz o‘qishdi, bunday xayrli ishlarning boshida turgan prezident Shavkat Mirziyoyev va mutasaddilar haqiga duo qilishdi. 

Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi
Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi
Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi
Foto: Ahmad ibn Malik jome masjidi

 

Mavzuga oid