So‘nggi 15 yilda sug‘oriladigan yerlar aholi jon boshiga 24 foizga kamaygan – Adliya vaziri
Prezidentning yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha chiqargan farmoni yuzasidan AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ruslan Davletov hokimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan ko‘zbo‘yamachiliklar ortidan respublikadagi sug‘oriladigan yerlar miqdori kamayib ketganini ta'kidladi.
«Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi yerini tadbirkorga ajratish mumkin emas. Sug‘oriladigan yerlar faqat prezident qarori asosida berilishi kerak.
Nima qiladi – toifani ham almashtirib qo‘yadi. «Bu yerni qishloq xo‘jaligidan noqishloq xo‘jaligi yeriga o‘tkazamiz», deydi-da, bitta qaror bilan yer toifasini almashtirib, keyin berib yuboradi», – deydi Ruslan Davletov.
Vazir shunga o‘xshash «tirqish»lar farmon bilan yopilayotganini hamda sug‘oriladigan yerni ajratishni prezident darajasiga olib chiqish orqali ushbu toifa yerlarni saqlab qolish mo‘ljallanayotganini bildirdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, respublikada oxirgi 15 yilda sug‘oriladigan yerlar aholi jon boshiga 24 foizga kamaygan, ya'ni avval bir kishiga 0,23 ga yer to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 0,16 gani tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, yuqoridagi farmon bilan mahalliy davlat hokimiyati organlarining sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazish vakolatlari hamda bu bo‘yicha qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021 yil 1 avgustdan bekor qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Xaosga chek qo‘ymoqchi edi, aksi bo‘lib chiqdi: Bayden o‘z siyosiy merosini qanday barbod qildi?
Jahon | 20:16 / 23.01.2025
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21 / 23.01.2025
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Peskov Trampning «neft tahdidi» urushni to‘xtatmasligini aytdi
Jahon | 17:04
-
Yubiley KIA Sonet: ADM Jizzakh zavodida 10 minginchi avtomobil ishlab chiqarildi
Jamiyat | 17:00
-
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda
O‘zbekiston | 16:47
Mavzuga oid
11:46 / 16.01.2025
Yerlar toifasini o‘zgartirish tartibi belgilandi
11:18 / 16.01.2025
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi
07:43 / 16.01.2025
11,5 gektar yerni 32 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
15:57 / 11.01.2025