7 may kuni imzolangan qaror bilan, Moliya vazirligi va “Air Marakanda” MÇJ (xususiy şerik) örtasida 2022 yil 11 aprelda imzolangan Davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş töğrisidagi bitim tasdiqlandi.
Qaror bilan Samarqand xalqaro aeroportining boşqaruv huquqini davlat-xususiy şerikçilik (DXŞ) şartlari asosida qölga kiritgan “Air Marakanda” MÇJga yana bir qator huquq va imtiyozlar berildi.
Jumladan, endilikda DXŞ bitimining amal qilişi davomida “Air Marakanda” MÇJga Özbekiston hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (işlar, xizmatlar) narxlarini çet el valutalariga boğlaşga ruxsat berilmoqda.
Ma’lumot uçun, “Valutani tartibga soliş töğrisida”gi qonunning 9-moddasiga köra, mamlakat hududida tovarlar uçun barça hisob-kitoblar va tölovlar Özbekiston valutasida amalga oşiriladi hamda realizatsiya qilinadigan tovarlar (işlar, xizmatlar) narxlarining çet el valutalariga va şartli birliklarga boğlanişiga yöl qöyilmaydi.
Şuningdek, qonunda alohida hollarda DXŞ töğrisidagi bitimlar böyiça realizatsiya qilinadigan tovarlar narxlarining çet el valutalariga va şartli birliklarga boğlanişiga prezident qarorlari asosida yöl qöyilişi belgilangan.
Loyihani amalga oşiriş doirasida xususiy şerikka barça soliqlar va boşqa majburiy tölovlar tölangan holda istisno tariqasida:
- kredit oliş va undan foydalaniş uçun xususiy şerikning xorijiy kreditor banklarida bank hisobvaraqlari oçişga;
- kredit xorijiy bank tomonidan ajratilgan taqdirda, xorijiy pudratçilar va yetkazib beruvçilarga uşbu kredit mablağlari hisobidan tölovlarni Özbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali ötkazmasdan, töğridan töğri amalga oşirişga ruxsat etildi.
Şuningdek, davlat şerigi – “Uzbekistan Airports” AJning Samarqand xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş maqsadida Yaponiya xalqaro hamkorlik bankidan jalb qilingan kreditni qaytariş uçun tölanadigan tölovlar soliqlardan ozod qilinmoqda.
Qarorda, “Uzbekistan Airports” AJ davlat-xususiy şeriklik loyihasini amalga oşiriş uçun zarur bölgan Samarqand xalqaro aeroportiga tegişli bölgan yer uçastkalarini ön kun muddatda “Air Marakanda” MÇJga ijaraga berilişini ta’minlaşi körsatilgan.


























