Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Butunjahon turizm taşkiloti (UNWTO) 2023 yilda Samarqand şahrida ötkaziladigan böldi. Özbekiston Respublikasi boş vazir örinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ayni damda Ispaniyaning Madrid şahrida ötayotgan UNWTO’ning 24-sessiyasi doirasidagi ovoz beriş jarayoni natijalariga köra şu haqda ma'lum qildi.

“Şunisi diqqatga sazovorki, tarixda birinçi marta BMT oilasi tarkibiga kiruvçi taşkilotlarning Boş assambleyasi Özbekistonda bölib ötadi. Bularning bari prezidentimiz olib borayotgan siyosat, turizm sohasini rivojlantiriş hamda bu orqali mamlakatimizning jahon sahnidagi nufuzini oşiriş yölidagi sa'y-harakatlar natijasidir.

Ta'kidlaş lozimki, UNWTO 25-Boş assambleyasining qadimiy Samarqandda ötkazilişi bu yerga mingdan ortiq xorijlik mehmonlarning taşrif buyurişi hamda bu orqali mahalliy aholi va hunarmandlarning daromad körişiga olib keladi.

Bundan taşqari, yuqori darajadagi tadbirning Özbekistonda ötkazilişi jahon ommaviy axborot vositalarining ham e'tiborini tortişi şubhasiz, bu esa oxir-oqibat mamlakatimizning turistik salohiyatini keng tarğib etiş hamda yurtimizga yanada köproq sayyohlarni jalb etiş yölida xizmat qiladi”, dedi Aziz Abduhakimov.

Şu örinda qayd etiş joizki, Butunjahon turizm taşkiloti va unga a'zo davlatlar bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantiriş, şuningdek, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini oşiriş, xalqaro taşkilotlar bilan munosabatlarini yanada kengaytiriş, madaniy va turizm salohiyatini tarğib qiliş maqsadida 30 noyabr-2 dekabr kunlari Özbekiston delegatsiyasining Ispaniya qirolligiga taşrifi taşkil etildi. 24 sessiyada iştirok etgan Özbekiston delegatsiyasi tarkibidan Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda Özbekistonning Ispaniya qirolligidagi elçixonasi vakillari örin oldi.

Madrid şahrida ötgan tadbir doirasida 2023 yilda UNWTO Boş assambleyasini ötkaziş uçun Özbekiston va Portugaliya da'vogarlik qildi. Tadbir yakuniga köra, Özbekiston yaqqol ustunlik bilan aksariyat ovoz töplab, 2023 yilgi Boş assambleyani qadimiy Samarqand şahrida ötkazişga kelişildi.

Ta'kidlaş joizki, bugungi kunda Samarqandning turistik salohiyatini yanada yuksaltiriş hamda uni dunyo sayyohlik markazlaridan biriga aylantiriş borasida köplab işlar olib borilmoqda, bu yerda obodonlaştiriş işlari bilan bir qatorda yangi zamonaviy aeroport hamda turizm obektlari bunyod etilmoqda. 

Şulardan biri “Samarkand Touristic Centre” bölib, u eşkak eşiş kanali qirğoğida 212 gektar maydonda qad kötarmoqda. Bu yerda qurilayotgan “New Renaissance” kongress-holli, mehmonxonalar, restoranlar, dam oliş maskanlari, savdo markazlari, amfiteatr, “Mangu şahar” kabi inşootlari hududning sayyohlik infratuzilmasini rivojlantiriş yölida xizmat qilişi şubhasiz. Yangi obektni 2022 yilning birinçi çoragida işga tuşiriş rejalaştirilgan.