Yakunlanayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid muhim mavzulari – Kun.uz dayjestida.

“Har yili 30 foizga oşirişga kelişilgan”

Jamoatçilikka oçiqlanmaydigan kelişuvlardan nima kutiş mumkinligi har doim katta savol ostida böladi. Bunday kelişuvlar aholi va tadbirkorlar uçun syurprizlarni ham öz içiga olişi mumkinligi şu hafta yana bir bor öz isbotini topdi.

2021 yilda Toşkent şahridagi issiq suv va issiqlik ta’minoti tizimi 30 yilga Fransiyaning Veolia kompaniyasiga topşirilganida, Moliya vazirligi rus va ingliz tillarida umumiy gaplardan iborat press-reliz e’lon qiliş bilan çeklangan. Bu bayonotning davlat tilidagi versiyasi berilmaganiga sabab juda oddiy: press-relizga “Moliya vazirligi Axborot xizmati” deb imzo qöyilgan bölsa-da, aslida uni vazirlikdagilar emas, Veolia kompaniyasi yozgan – piar sohasidan salgina xabari bor odam buni bir qaraşdayoq tuşunadi. Xususiy kompaniyaning bayonotini nuqta-verguligaça köçirib, davlatniki deb e’lon qilgan rasmiylar, tayyor matnni davlat tiliga ögirib qöyişga ham yaramagan.

Lekin hozir gap bunda emas. Bu kelişuvning öşa vaqtda oçiqlanmagan muhim şartlaridan biri oradan tört yil ötib ma’lum böldi. Unga köra, xususiy şerik bilan Toşkentda issiqlik ta’minoti tariflarini har yili 30 foizga oşirib borişga kelişilgan ekan. Buni Veolia kompaniyasi navbatdagi narx oşiriş yuzasidan bergan izohida ma’lum qildi.

Kompaniyaning bildirişiça, aholi uçun tariflarni har yili 30 foizdan oşiriş “turli ijtimoiy sabablar”ga köra keçikyapti. Faqat ötgan yili ikki marta 15 foizdan oşirişning uddasidan çiqilgan. Navbatdagi oşiriş 2025 yil 1 oktyabrga belgilangan. Şu sanadan e’tiboran, poytaxtda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari aholi uçun 15 foizga, biznes uçun naq 40 foizga oşiriş rejalaştirilgan. Bazaviy tariflarning 17 oy içida uç marta oşişi umumiy hisobda aholi uçun 52 foizga, biznes uçun 85 foizga qimmatlaşişni anglatadi.

E’tiborlisi, 2024-2025 yillarda tariflar kötarilişi bilan budjetdan subsidiya ajratiş kamayib qolmaydi, aksinça, keskin oşadi. Poytaxtning ötgan yilgi budjetida issiqlik ta’minoti uçun 2 trln söm subsidiya ajratilgan bölsa, bu yilgi bu miqdor 38 foizga oşib, 2,7 trln sömga yetgan. Vaholanki, davlat strategiyasida issiqlik ta’minotini subsidiyalaşni oşiriş emas, 2030 yilgaça töliq töxtatiş közda tutilgan. Veolia'ning ma’lum qilişiça, oktyabrdagi kötarilişdan keyin, tannarx tarkibida tarif va subsidiyaning uluşi 20/80 şakliga keladi: iste’molçilar issiqlik xarajatlarining 20 foizini töğridan töğri, qolgan 80 foizini soliqlari orqali tölaydi. Bu degani, strategiyada belgilangan maqsadga erişiş uçun, keyingi 4 yilda tariflar 5 barobarga oşişi va şu vaqtda tannarx oşmay turişi kerak.

Tannarx nega bunçalik baland degan savolga Veolia'ning javobi quyidagiça: qozonxonalar, quvurlar va nasos stansiyalari yoppasiga eskirib ketgan, issiqlik yöqotişlari juda katta, ustiga ustak tabiiy gaz va elektr energiyasi xarajatlari oşyapti. Bugungi kunda şahardagi issiqlik tarmoqlarining 68 foizi modernizatsiyaga muhtoj. 2021 yilda bu körsatkiç 72 foiz bölganiga qaraganda, 4 yildagi özgariş 4 foizga teng böladi. Lekin kompaniya tabiiy eskiriş tufayli har yili bu hajm ortib borayotgani hisobiga, 4 foizlik natijani “sezilarli qadam” deb baholayapti.

Kommunal qarzlar oylikdan uşlab qolinadi

Kommunal sohaga oid yana bir yangilik haqida Qonunçilik palatasi xabar berdi. Deputatlar 12 avgust kuni qabul qilgan qonunga asosan, kommunal xizmatlar va xalq tilida “kvartplata” deyiladigan tölovlardan qarzdorlikni soddalaştirilgan tartibda undiriş joriy etiladi. Qonun keyingi bosqiçlardan ötib kuçga kirgan taqdirda, kommunal qarzdorliklar MIB tomonidan qarzdorning iş haqi, pensiyasi yoki stipendiyasidan uşlab qolinadi. Uşlab qolinadigan miqdor qarzdan taşqari, majburiy undiruv uçun jarimani ham öz içiga oladi.

Qonun loyihasining birinçi öqişdagi versiyasida undiruvni fuqaroning bank kartasidagi pullarga ham qaratiş közda tutilgan edi. Lekin muxolifatdagi XDPning qarşiligi bilan, loyiha özgartirildi va kommunal qarzdorlikni soddalaştirilgan tartibda undirişda bankdagi mablağlarga teginilmasligi belgilandi. Lekin agar qarzdorning rasmiy oyligi, pensiya yoki stipendiyasi bölmasa, undiruv amaldagi tartib böyiça oddiy şaklga ötadi va undiriş uçun xuddi hozirgidek hamma çoralar köriladi.

Yangi qonun qabul qilinişi fonida, kommunal tölovlar böyiça avvalroq aytilgan boşqa bir ğoya kun tartibidan tuşib qolgandek körinyapti. Yodingizda bölsa, ötgan yili “kvartplata”dan qarzi borlarning sveti öçirib qöyilişi e’lon qilingandi. Lekin keyinçalik bu masala boşqa kötarilmaganiga qaraganda, qarzdorlarning svetini öçiriş örniga, qarzlarni osonroq undirişga qaror qilingan bölişi mumkin. Eslatib ötamiz, “qarzi bor svetsiz qoladi” degan qoida joriy yil 1 avgustdan boşlab çiqindi tölovlari böyiça amal qila boşladi.

Ai-80 qimmatlaşdi, Ai-92 arzonlaşişi aytildi

Ai-80 benzinidan voz keçilişi arafasida, uning narxi sezilarli oşdi. Özbekistondagi eng yirik AYoQŞlar tarmoği – Carvon'da 13 avgustdan boşlab Ai-80 9100 sömdan sotila boşlandi. Şu tariqa, eng arzon benzin narxi 1,5 yil içida 1,5 barobarga oşdi.

Kun.uz ixtiyoridagi hujjatga köra, “Özbekneftgaz” kelasi oydan boşlab Ai-80 işlab çiqarişni töxtatiş niyatida. Buning evaziga Ai-92 narxi biroz bölsa-da pasayişi mumkin. Duşanba kuni “Özbekneftgaz” Buxoro neftni qayta işlaş zavodida işlab çiqarilgan Ai-92ning birjadagi boşlanğiç narxi 2 foizga pasaytirilganini e’lon qildi. Kompaniya buni “birinçi bosqiç” deb atadi va narxni yana tuşirişga va’da berdi.

Şuni e’tiborga oliş kerakki, rasmiylarning “narx pasayadi” degan va’dasi şoxobçalardagi narxlarga taalluqli emas. Hozir hamma AYoQŞlar turli yöllar bilan xususiy qöllarga ötib ketgan, rasmiy jihatdan çakana narxlarni davlat belgilamaydi. Şu sabab, birjadagi boşlanğiç narx pasaygani şoxobçalarda ham narx arzonlaşuviga olib keladi deb heç kim kafolat bermaydi.

Iqtisodiy ösiş tezlaşmasa...

Özbekistonda bir neça yildan beri sifatli benzin AQŞdagidan ham qimmatroq bölib qolyapti. Vaholanki, örtaça amerikalik örtaça özbekistonlikdan 28 barobarga boyroq. Xöş, qaçon Özbekiston ham öziga töq davlatlar qatoriga qöşiladi? Jahon banki kuni keça e’lon qilgan hisobotdagi raqamlarga qaraganda, yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga kirişimiz uçun bizga 100 yildan köproq vaqt kerak böladi.

Jahon banki bu raqamni hisoblab çiqarişda oxirgi 10 yillikdagi iqtisodiy ösiş körsatkiçlariga tayangan. Iqtisodçi Mirkomil Xolboyev esa pandemiyadan keyingi davrni ajratib olib, alohida hisob-kitob qilib kördi. Unga köra, agar Özbekiston iqtisodiyoti oxirgi 4 yildagi kabi sur’atda ösişda davom etsa, yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga 2042 yilda qöşilişi mumkin. Qozoğiston esa kelasi yildayoq yuqori daromadli davlatlar qatoriga qöşilişi ehtimoldan xoli emas.

E’tiborlisi, Jahon bankining hisob-kitobi böyiça ham, Mirkomil Xolboyevning versiyasi böyiça ham, Özbekiston bu marraga Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng oxirgi bölib yetib boradi.

Ma’lumot uçun, Jahon banki tasnifi böyiça “yuqori daromadli mamlakat” deganda, jon boşiga bir yillik yalpi milliy daromadi 2023 yildagi narxlar böyiça 14 ming dollardan oşadigan mamlakatlar tuşuniladi. Ötgan yili bu körsatkiç Özbekistonda 3 ming dollarga yetdi, Qozoğistonda esa 12 ming dollardan oşdi. Yuqorida benzin narxlarini bizdagi bilan deyarli bir xil deganimiz AQŞda esa jon boşiga örtaça daromad 84 ming dollarni taşkil etadi.

Norasmiy iqtisodiyotni qisqartiriş çoralari

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun 5 yillik maxsus huquqiy rejim e’lon qilindi. Prezident farmoniga köra, bu rejim doirasida bir-biriga boğlangan yangi elektron platformalar işlab çiqiladi. YaTTlar va özini özi band qilganlar bu platformalar orqali öz faoliyatini raqamlaştiradi, ya’ni bank hisobvaraqlarini boşqaradi, kontragentlari va xodimlari bilan hisob-kitoblarni amalga oşiradi, hujjatlarni Face-ID orqali imzolaydi, mijozlar uçun fiskal çeklar şakllantiradi va albatta, soliqlarni ham oson hisoblab, tölab borişi mumkin böladi.

2026 yil 1 yanvardan boşlab, yillik aylanmasi 1 mlrd sömgaça bölgan YaTTlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun aylanmadan olinadigan soliq 1 foiz deb belgilanadi. Ya’ni YaTTlar uçun hozirgi 4 foizlik soliq 1 foizga tuşadi. Şu paytgaça yiliga 100 mln sömlik daromad uçun soliqlardan ozod etilgan özini özi band qilganlar esa 1 foiz stavkada aylanmadan soliq tölay boşlaydi. Şuningdek, YaTTlar ham, özini özi band qilganlar ham elektron tölovlarni qabul qiliş uçun QR-kodga ega bölişi majburiy deb belgilanyapti. Ular sotiş paytida har bitta tovar va xizmatning identifikatsiya kodini kiritib ötirmasdan, guruh kodini kiritişi mumkin böladi.

Iqtisodiyotni oqartiriş uçun ötgan hafta mehnat munosabatlariga doir farmon ham qabul qilingan edi. Unga köra, 1 sentabrdan boşlab xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi va quriliş sohalarida işlayotgan, qöl ostidagi xodimlari soni 50 nafardan oşmaydigan tadbirkorlarga ortiqça qoğozbozlik qilib ötirmasdan, xodimlarni Face-ID orqali işga oliş va işdan böşatiş huquqi beriladi. Farmonda iş beruvçilarni yana bir neçta byurokratik majburiyatlardan xalos qiliş, evaziga norasmiy tarzda xodim yollaganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş közda tutilgan.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Paxtani öz vaqtida terib oliş uçun, fermerlarga tonnasiga 1 mln sömdan subsidiya beriladigan böldi. Öz mablağiga paxta yetiştirgan yoki xarid qilgan korxonalarga xomaşyo qiymatining 10 foizi qoplab beriladi. Şuningdek, töqimaçilik zanjiridagi barça korxonalarga ijtimoiy soliq 1 foizga tuşiriladi. Klasterlarga kelsak, ularning 2,2 mlrd dollarlik kredit qarzidan 377 mlrd sömlik penyalar keçib yuborilyapti. Bunçalik katta qarzning sababi – ma’muriy yöl bilan tuzilgan va imtiyozlarga kömilgan klasterlar jahonda paxta narxlari tuşib ketgani sabab taşqi bozorlarda raqobat qilolmay, qiyin ahvolga tuşib qolgan. Bunga munosabat bildirgan iqtisodçi Yuliy Yusupov klasterlarni ham xuddi avtosanoat kabi arzanda qilib yurmasdan, katta hayotga qöyib yuborişga çaqirdi.

Yöl harakati xavfsizligi xizmati yana özining mavjudlik mohiyatiga ğirt teskari taşabbus bilan çiqdi. Toşkent şahrining beşta köçasida ruxsat etilgan tezlikni 60 km/soatdan 80 km/soatga kötariş taklif etilyapti. Toşkent şahar YHXB boşliğining örinbosari bu masalani xalq deputatlari şahar kengaşi yiğilişida ilgari surdi. Insonlar ölimini köpaytiradigan bu taşabbusga birortayam deputat qarşi çiqqani yöq. Aftidan, Yöl harakati xavfsizligi xizmati öz nomini “Tezliksevar haydovçilar manfaatini himoya qiliş xizmati” deb özgartiraversa böladi. Avvalroq radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat çegirib taşlaş masalasi kun tartibiga çiqarilgandi. Bu ikkita taşabbusni birlaştirganda, dahşatli manzara hosil böladi: hatto Toşkent şahri markazida, aholi ziç joylaşgan mavzelardan ötuvçi köçalarda ham tezlikni naq 90 km/soatgaça oşiriş imkoni berilişi mumkin.

Özbekistonda 6 xil tovar uçun ekologik yiğim joriy etilişi mumkin. Gap batareyka va akkumulyatorlar, transport vositalari, moylaş materiallari, şinalar va rezinka kameralar, qadoqlaş va şişa mahsulotlari haqida ketyapti. Bu boradagi rejalar payşanba kuni ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovning davlat rahbariga qilgan taqdimotidan örin oldi. Eslatib ötamiz, transport vositalari uçun utilizatsiya yiğimi allaqaçon joriy etilgan. Şuningdek, ötgan oyda quriliş oynalari uçun utilizatsiya yiğimini joriy etiş haqidagi qonun qabul qilinib, Senatga yuborilgan edi.

Davlat xavfsizlik xizmati quyi böğinlardagi korrupsiya haqida seriyali xabarlar berişda davom etmoqda. Toşkentda 50 martadan köp pora olgan pasport-viza mansabdori qölga tuşdi. Buxoroda viloyat IIB xodimi 13 ming dollar, Farğonada bojxona posti boşliği 5 ming dollar, Şahrisabzda favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği 3,5 ming dollar, Marğilonda maktabgaça va maktab ta’limi bölimi boş mutaxassisi 2 ming dollar bilan uşlandi. Samarqandda esa “Afrosiyob” poyezdiga nisbatan qöporuvçilik sodir etgan ikki temiryölçiga hukm öqildi. Ma’lum bölişiça, ular lavozimi pasaytirilganidan norozi bölib, qasd oliş maqsadida “Afrosiyob” yöliga beton taşlab qöygan. Sudlanuvçilardan biri 13 yil, yana biriga 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Zapravkalardagi portlaşlar haddan taşqari köpayib bormoqda. 13 avgust kuni Surxondaryoning Şörçi tumanida ham propan quyiş şoxobçasi portladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida jabrlanganlar bor-yöqligi haqida heç narsa deyilmagan. Viloyat hokimligi esa jabrlanganlar borligini tasdiqladi, lekin ularning sonini oçiqlamadi. Qayd etiş kerak, bu – oxirgi bir oy içida portlagan respublikadagi beşinçi zapravka böldi. Buning ortidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi yonilği quyiş, saqlaş va taşiş korxonalarining rahbarlariga murojaat bilan çiqib, ularni mas’uliyatli bölişga çaqirdi.

Ğazo sektoridan Özbekistonga olib kelingan bir guruh falastinliklarga ğamxörlik körsatiş haqida prezident farmoni qabul qilindi. Unga köra, bu bolalar davlat boğçalari va maktablariga navbatsiz joylaştiriladi, 2028 yilgaça boğça puli olinmaydi, qöşimça ta’lim xarajatlari töliq davlat hisobidan qoplanadi. Katta yoşdagi falastinlik mehmonlarga esa nafaqalar va ijara xarajatlari uçun kompensatsiya tayinlandi. Şuningdek, har bir oilaga birlamçi zaruriy vositalar xaridi uçun bir martalik moddiy yordam ham tölanadigan böldi. Ijtimoiy xodimlar ularning Özbekiston ijtimoiy muhitiga moslaşişini monitoring qilib boradi.

Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova
Tasvirçi – Şohruz Abdurayimov