Air Samarkand aviakompaniyasi xodimlarning iş haqi bilan boğliq majburiyatlarini bajara olmayotgani haqida tarqalgan xabarlarni tasdiqladi.
“Aviakompaniya haqiqatan ham iş haqi tölovlari muddatlariga ta’sir körsatgan moliyaviy çaqiriqlarga duç keldi”, – deyiladi taşuvçining 29 senyatbr kungi bayonotida.
Air Samarkand izohiga köra, 2025 yil bahor-yoz oylarida kompaniyaning barça samolyotlariga rejadan taşqari texnik xizmat körsatişga töğri kelgan, “bu esa qisqa muddatlarda sezilarli va rejalaştirilmagan xarajatlarni talab qilgan”. Kompaniya buning uçun xodimlaridan uzr söragan.
Bayonotda iş haqi böyiça qarzdorlikni imkon qadar qisqa muddatda qoplaş “rahbariyat oldidagi ustuvor vazifa” ekani ta’kidlangan. Buning uçun investorlar, buyurtmaçilar va hamkorlar bilan muzokaralar olib borilayotgani aytilgan. Şuningdek, barça samolyotlar töliq texnik körsatiş siklidan ötkazilib, aviakompaniya ştat rejimida faoliyat yuritayotgani va xavfsizlik me’yorlariga muvofiq örtaça sutkalik parvoz körsatkiçlari ta’minlanayotgani qayd etilgan.
Mehnatga haq tölaşda xodimning qaysi davlat fuqarosi ekani, lavozimi, iş staji va boşqa omillardan qat’i nazar, yondaşuv barçaga bir xil, deya qöşimça qilgan Samarkand Air.
27 senyatbr kuni “SHOT” Telegram-kanali bergan xabarga köra, Rossiyaning 50 ga yaqin fuqarosi Özbekistonning Air Samarkand aviakompaniyasini “3 oydan beri” maoş tölamayotganlikda ayblamoqda.
“Bir neça oydan buyon xodimlarga yegulik uçun ham pul berilmayapti, vaholanki yozda ham maxsus raport orqali bunday imkoniyat bor edi. Xodimlar turar joy ijarasi uçun ham pul berilmayotganini aytişmoqda. Şunga öxşaş holat bahorda kuzatilgan, lekin öşanda bort kuzatuvçilari, uçuvçilar va boşqa xodimlar masalani yopib, öz maoşlarini ola olişgan”, – deyiladi “SHOT” xabarida.
Air Samarkand aviakompaniyasi 2022 yilda taşkil etilgan bölib, 2024 yildan boşlab bir neçta xalqaro yönalişlarda muntazam aviaqatnovlarni amalga oşirib kelmoqda.
“Sam Air” MÇJning 51 foiziga Baxtiyor Fozilov, 49 foiziga Bahodir Ğafurov egalik qiladi. Fozilov, şuningdek, Samarqand xalqaro aeroportini işonçli boşqaruvga olgan “Air Marakanda” MJÇga ham affillangan.













