Qayd etib ötiş kerak, Samarqand xalqaro aeroportining mutlaqo yangilanişi asnosida aerovokzalning 4 qavatdan iborat binosi butunlay qayta qurildi. Uni yaratişda Mirzo Uluğbekning «Ziji Jadidi Köragoniy» kitobidan ilhom olingan va oçiq turgan kitob şaklida bunyod etildi.

Oçiliş marosimida respublika va viloyat rahbarlari, aviatsiya sohasi faxriylari va xodimlari iştirok etişdi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari, spotting-blogerlar ham hozir bölişdi. Avval ramziy tasma kesildi.

Tantanali oçiliş marosimida sözga çiqqan boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va boşqalar aeroportni zamonaviylaştiriş taşabbusi va amalga oşirilgan işlar, uning ahamiyati haqida sözlab berişdi.


Aeroport binosi xalqaro va mahalliy parvozlar uçun birdek moslaştirildi. Samolyotlarga çiqiş uçun ikkita darvoza va törtta teleskopik trap barpo etildi. Natijada, terminalning yölovçi ötkaziş quvvati avvalgi 400 yölovçidan soatiga 1000 yölovçiga qadar — qariyb uç barobarga oşirildi.


Aerodrom kompleksida butunlay yangi uçiş-qöniş yölagi, 4 ta yangi buriliş yölkalari, 26 ta samolyotga möljallangan turargohlar barpo etildi.
Aerodrom zamonaviy radiolokatsiya va yoritiş çiroqlari bilan ta’minlandi. Natijada aeroport çiroqlari osmonda 50 km masofadan közga taşlanadigan böldi. Bu jahondagi kamdan kam aeroportlarda mavjud qulaylik.

Alohida qayd etiş lozimki, quriliş işlari loyiha asosida mahalliy korxonalar va işçilar tomonidan amalga oşirildi. Bu ham öz navbatida katta tajriba maktabi böldi va kelgusida bunday loyihalarni öz kuçimiz bilan amalga oşiriş uçun asos yaratildi.














