O‘zbekiston | 10:46 / 18.06.2021
5350
2 daqiqa o‘qiladi

1 dekabrdan sud majlislari telekanallar hamda internet orqali jonli efirga uzatiladi 

Foto: KUN.UZ

2021 yil 1 dekabrdan sud majlislari telekanallar hamda Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatiladi. Bu haqda AOKAda “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 1 dekabrdan quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatiladi:

  • Qonunchilik palatasi va Senat majlislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashi sessiyalari (yopiq majlislar bundan mustasno);
  • taraflarning roziligi bilan fuqarolar huquq va erkinliklari hamda jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, aholi sog‘lig‘ini saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi, shu jumladan davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ishlar, shuningdek, ayrim oilaviy nizolarga oid fuqarolik ishlari bo‘yicha sud majlislari (yopiq sud majlislari bundan mustasno).

Shuningdek, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Har yil yakunlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi aniqlanadi.

Farmonda ko‘rsatilgan qoida va tartiblarning buzilishi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi sifatida baholanadi.

Mavzuga oid