Insoniyatning uchdan biri hasadgo‘ylardan iborat ekanligi aniqlandi
Madriddagi Karlos III nomli universitet tadqiqotchilari barcha insonlarni shaxs turi sifatida 4 guruhga bo‘lish mumkinligini aniqlashdi: hasadgo‘ylar, optimistlar (ijobiy fikrlovchilar), pessimistlar (salbiy fikrlovchilar) va ishonuvchan kishilar. Bu haqida Science Advances ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada hikoya qilinadi.
Olimlar tadqiqot doirasida 541 nafar kishini turli ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini qanday tutishini kuzatishdi. Natijada ularning qarorlari kompyuter algoritmi yordamida tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 90 foiz kishi mavjud 4 mezonga mansubligi aniqlandi - 30 foizi hasadgo‘ylar, qolgan 60 foizi - optimistlar, pessimistlar va ishonuvchan kishilar (har bir mezonga 20 foizdan). Qolgan 10 foiz ishtirokchini esa kompyuter hech bir guruhga qo‘sha olmadi.
Olimlarning ta'kidlashicha, insonlarga nisbatan bunday tasniflash birinchi marta qo‘llanilmoqda.
Mavzuga oid
22:58 / 17.09.2024
Germaniyalik olimlar surunkali og‘riqni yengishga yordam beradigan yangi usulni aniqladi
15:29 / 17.09.2024
Odamlarda dorilarga chidamli bakteriyalardan o‘lim darajasi ortadi – tadqiqot
15:18 / 17.09.2024
Nima uchun hozirgina o‘ylagan narsamizni unutib qo‘yamiz?
23:21 / 16.09.2024