Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makedoniya prezidenti Gretsiya bilan shartnomani "o‘z joniga huquqiy suiqasd" deb atadi
Foto: AP Photo / Boris Grdanoski
Makedoniya prezidenti George Ivanov Skope va Afina o‘rtasidagi Makedoniya respublikasi nomini o‘zgartirish haqidagi shartnomani "o‘z joniga huquqiy suiqasd" deb atadi.
Iyunda Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Kotzias va Makedoniya tashqi ishlar vaziri Nikola Dimitrov mamlakat nomini Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb o‘zgartirish to‘g‘risida kelishuv imzolagandi. Gretsiya va Makedoniya o‘rtasida 25 yildan buyon davom etib kelayotgan nom mojarosi Makedoniyaning NATO va Yevroittifoqqa kirishiga xalal berayotgandi. Gretsiyaning Makedoniya viloyati bilan adashtirmasliklari uchun Gretsiya qo‘shni respublikadan o‘z nomini o‘zgartirishni talab qilgandi.
"Shu orqali NATO va YeIga a'zo bo‘lish kafolatlanadi deb aldashmoqda, chunki haqiqiy islohotlarsiz, korrupsiyaga qarshi kurashsiz va partiyaviy qaramlik bilan Yevrointegratsiya bo‘lmaydi. Hattoki konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritgan taqdirimizda ham avtomatik ravishda a'zolikka qabul qilinmaymiz", — dedi George Ivanov.
Davlat rahbari parlament tomonidan tasdiqlangan Skope va Afina o‘rtasidagi shartnomaning kuchga kirishi to‘g‘risidagi qonunni imzolamasligini ta'kidladi.
"Bu shartnoma bilan makedon xalqi yuridik jihatdan yo‘q qilinmoqda. Ular makedon xalqini o‘z joniga huquqiy suiqasd qilishga ko‘ndirishmoqchi", — dedi prezident Ivanov.
Mavzuga oid
12:51 / 22.11.2025
O‘zbekiston elchisi Gretsiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
14:21 / 17.11.2025
Gretsiya Ukrainaga AQShdan suyultirilgan gaz yetkazib beradi
07:34 / 08.11.2025