Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi grant dasturi haqida e'lon qildi
Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati grant dasturi haqida e'lon qildi. Stipendiyani yutib olish bo‘yicha tanlov grant dasturining ayrilmas qismidir. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tizimiga tegishli oliy ta'lim muassasalarining bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin.
O‘z bilim va malakalari bilan bo‘lisha oladigan, yangi g‘oyalar yaratadigan va ularni hayotga tatbiq qilishga qodir, har bir qilayotgan ishining natijasi uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan, atrofida jamoani birlashtirib, umumiy maqsadga erishish yo‘lida jamoani ilhomlantirishga tayyor bo‘lgan ijodkorlar tanlov g‘olibi bo‘lishi mumkin. 2018 yil oyining oyining oxirigacha, 2018-2019 o‘quv yillarga mo‘ljallangan yillik shartnoma miqdori bo‘yicha stipendiya to‘lanadi.
Baholash mezonlari:
- akademik natijalar;
- ilmiy-tadqiqot ishlari;
- analitik qobiliyat;
- tashkilotchilik qobiliyati;
- rivojlanish uchun motivatsiya;
- ijtimoiy faollik;
- tanlangan sohaning ijtimoiy ahamiyatini anglash.
Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – sirtqi, ya'ni, motivatsion xat va biron-bir mavzudagi bakalavr dissertatsiyasi haqida qisqacha tezisni o‘z ichiga olgan yozma ariza asosida bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi bosqich – intervyu, keysga yechim topish darajasini baholash, hamda boshqa guruh va yakka tartibdagi baholash yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
Tanlovda qatnashish uchun arizalar 2018 yilning 25 sentabrigacha qabul qilinadi. Birinchi bosqichda qabul qilingan arizalar ekspertizasi: 2018 yil 25 dan 27 sentabrgacha; natijalarini e'lon qilish: 2018 yil 28 sentabrgacha etib belgilandi. Ikkinchi bosqich ekspertizasi: 2018 yil 29 dan 30 sentabrgacha; tanlov yakunini umumlashtirish: 2018 yil 1 dan 5 oktabrgacha.
G‘oliblar 2018 yilning 6 oktabrida e'lon qilinadi.
Tanlov natijalari e'lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida tanlov g‘oliblari bilan shartnoma tuziladi. 2018 yil oktabr oyining oxirigacha stipendiyalar to‘lovi amalga oshiriladi.
Topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati:
- Ariza namunaviy shakli;
- Oxirgi 2 o‘quv yili natijalarining o‘rtacha bali;
- Rezyume;
- Motivatsion xat;
- Nazarda tutilgan ilmiy faoliyat (dissertatsiya yoki diplom ishlari) yo‘nalishi va uning mamlakatimiz madaniyati va san'ati rivojlanishidagi ahamiyati to‘g‘risidagi esse;
- O‘qituvchi (ish beruvchi, agar mavjud bo‘lsa) tomonidan berilgan tavsiyanoma;
- Ilmiy adabiyotlar nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);
- Chet tilidagi bilimlari haqidagi, turli ta'lim dasturlari va treninglarda ishtiroki haqidagi sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa).
Stipendiya tanlovida ishtirok etish shartlari:
- tanlov ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida bir nechta stipendiya dasturlari g‘olibi bo‘la olmaydi;
- stipendiya to‘lovi tanlov g‘olibi tahsil oladigan OTM hisob raqamiga bir o‘quv yili shartnomasi miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
- stipendiya dasturi asosida bitirgan talabalar va imtiyozli (bakalavr/magistr) darajasiga ega bo‘lganlar, uch oy muddatida fond stipendiya qo‘mitasining qaroriga asosan madaniyat va san'atning ustuvor sohalarida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tizimidagi muassasalarda bir yil mobaynida ish bilan ta'minlanadi.
E'longa ariza hamda shaxsiy anketaning namunaviy shakli ilova qilingan.
Mavzuga oid
17:45 / 20.10.2025
Hokimning ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
18:57 / 10.10.2025
Talabalarning stipendiyalari hafta yakunigacha to‘lab beriladi – vazirlik
17:59 / 16.09.2025
Yosh muhandislar tanlovi g‘oliblariga avtomobillar topshirildi
14:23 / 13.09.2025