Muhandislik tanlovi 2025 yil may-iyul oylarida uç bosqiçda taşkil etildi va unda 40 yoşgaça bölgan 1262 nafar da’vogar iştirok etdi. Loyihalar innovatsionlik, samaradorlik, amaliy qöllaniş imkoniyati va barqaror rivojlaniş mezonlari asosida baholandi.
Tanlov har bir yönalişda uç toifada — «Talaba», «Öqituvçi» va «Amaliyotçi muhandis» kesimida ötkazildi. Natijada jami 28 nafar ğolib aniqlandi. Ular orasida töqqizta yönaliş va toifa böyiça birinçi, ikkinçi va uçinçi örin sohiblari hamda «Barqaror rivojlaniş uçun eng yaxşi ixtiro» maxsus nominatsiyasi ğolibi bor.
Tadbirda töqqiz nafar birinçi örin ğolibiga BYD elektromobili topşirildi. Şuningdek, ikkinçi örin sohiblariga va «Barqaror rivojlaniş uçun eng yaxşi ixtiro» nominatsiyasi ğolibi bölgan yoş muhandisga rivojlangan davlatlarga barça xarajatlari qoplanadigan stajirovka yöllanmasi berildi. Uçinçi örin ğoliblari 37,5 million sömlik pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ta’kidlanişiça, «El-yurt umidi» stipendiya dasturi nafaqat iste’dodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, balki uzoq muddatli davlat strategiyasining bir qismidir. Asosiy maqsad — «Özbekiston — 2030» strategiyasi vazifalarini hayotga tatbiq eta oladigan islohotçilar va yetakçilar avlodini tayyorlaşdan iborat.
Forum doirasida ilk bor «EYUF Awards 2025» tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi ötkazildi. 7 ta nominatsiya böyiça eng yaxşi stipendiat taqdirlandi. Bular «Yilning namunali stipendiati», «Yilning eng yaxşi akademik yutuqlari», «Yilning eng yoş yetakçi stipendiati», «Yilning namunali loyihasi», «Yilning eng yaxşi ilmiy loyihasi», «Öz kasbining ustasi», «Jamiyatga qöşgan ulkan hissasi uçun».
Akademik aloqalarni mustahkamlaş va özbekistonlik yoşlarning xorijda ta’lim olişini qöllab-quvvatlaşga katta hissa qöşgan hamkorlarga — vazirliklarga, davlat idoralariga va xorijiy mamlakatlarning Özbekistondagi diplomatik vakolatxonalariga taşakkurnomalar topşirildi.
2025 yilda «El-yurt umidi» jamğarmasi stipendiyasi uçun birinçi oçiq tanlov yangilangan talablar asosida ötkazildi. Yakunda 173 nafar nomzod «Özbekiston Respublikasi prezidentining «El-yurt umidi» stipendiyasi sovrindori» deb e’tirof etildi. Ular orasida 25 foizi ayollar.

















