O‘zbekiston | 07:43 / 10.02.2022
9754
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning Eski shahar hududida art-rezidensiyalar paydo bo‘ladi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahrining tarixiy mahallalarini, ularning noyobligi va madaniy-tarixiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha o‘z ishlarini davom ettirmoqda hamda Eski shahar hududida art-rezidensiyalar yaratish tashabbusini ilgari surmoqda.

Foto: Kun.uz

Loyiha dizayn-konsepsiyasi jahon talablarini inobatga olgan holda Marokashdagi «Studio KO» me’morchilik byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi. Ushbu loyiha Alisher Usmonovning «San’at, ilm va sport» xayriya jamg‘armasi ko‘magida amalga oshiriladi.

“Yurtimiz va chet elliklar uchun ijodiy maskanni tashkil etish bo‘yicha poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan ikkita obekt tanlab olindi”, deyiladi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabarida.

Birinchi obekt Namuna mahallasida joylashgan, an’anaviy me’moriy ko‘rinishi saqlab qolingan hamda qayta ta’mirlangan «Matkarimboy» madrasasi bo‘lib, ushbu manzil ijodiy maydon yaratish uchun xizmat qiladi. Ikkinchi obekt esa eski bolalar bog‘chasi – Hastimom mahallasida joylashgan.

Matkarimboy madrasani restavratsiya qilish loyihasi
Foto: t.me/acdfuz

Toshkentdagi art-rezidensiyalar Zamonaviy san’at markazining ta’lim yo‘nalishi uchun platforma hamda mahalliy va xalqaro ijod vakillari o‘rtasida hamkorlik uchun xizmat qiladi.

Avvalroq, Toshkent mahallalari YuNeSKO Butunjahon madaniy merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid