Qayd etilişiça, Eski şahar mahallalari madaniy qatlamlarini saqlab qoliş böyiça dastlabki qadamlar 2019 yilda, Venetsiya arxitektura biyennalesida taqdim etilgan "Mahalla: şahar va qişloq hayoti" loyihasi işlab çiqilganda amalga oşirilgan. 

“Mahallalarimiz xalqaro ekspertlar tomonidan eko-arxitekturani tiklaş, zamonaviy şaharlarni ommaviy urbanizatsiyadan asraş, şuningdek, ijtimoiy qadriyatlar va jamoaviylikni saqlab qoliş usuli sifatida e’tirof etildi”, deb yozadi u.

Bildirilişiça, Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi YuNeSKO bilan hamkorlikda yetakçi olim, mutaxassis, arxitektor va tadqiqotçilarni birlaştirdi. 

“Oldimizdan oqqan suvni, ya’ni mahallaning tarixiy qadr-qimmatini, milliy madaniy öziga xosligini anglay boşlaganimizdan juda xursandman. Tabiiyki, uşbu hududda heç qanday investitsiya quriliş loyihalarini amalga oşirişga ruxsat bölmaydi. 

Toşkentning yuragi bölgan qadimiy Zarqaynar köçasi taqdiriga samimiy qayğurayotgan barçaga - jamoatçilik vakillari, faollar, jurnalist va blogerlarga minnatdorçilik bildirmoqçiman. Şuningdek, mahallani asrab qoliş loyihasini qöllab-quvvatlagani va uni Butunjahon tabiiy va madaniy merosi dastlabki röyxatiga kiritgani uçun YuNeSKO taşkilotiga minnatdorçilik bildiramiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Ma’lum qilinişiça, mahallani asrab-avaylaş masalasida jamoatçilik mas’uliyati va ongli yondaşuviga tayangan holda, uşbu yönalişda ilmiy-restavratsiya işlari davom ettiriladi.