Light | 23:08 / 12.01.2020
36584
2 daqiqa o‘qiladi

Instagram rasmiy sahifasiga Toshkentning qorli Eski shahar tasvirini joyladi

12 yanvar oqshomida Instagram tarmoqdagi o‘z rasmiy sahifasiga Toshkentning ayni damdagi manzarasini ifodalovchi fotosuratni joyladi.

Suratda poytaxtning Eski shahar qismidagi mahallalardan biri va bugungi kuchli qor yog‘ishi aks etgan.

Surat muallifi – taniqli fransuz-italyan fotojurnalisti, o‘z yo‘nalishida qator mukofotlar sohibi Matilde Gattoni. U 2002 yili Milanda «O‘zbekiston – mustaqillikdan o‘n yil o‘tib» albomini nashr etishda ham ishtirok etgan.

Muallifning O‘zbekiston yaqin o‘tmishiga oid oq-qora ranglardagi yuzdan ortiq surati bilan quyidagi, nisbatan keyinroq olingan ijtimoiy hayot manzaralarini ushbu havolada tomosha qilish mumkin.

Ma'lumot uchun, Instagram o‘z rasmiy akkauntiga kuniga bir yoki ikkitadan surat qo‘yib boradi. Akkaunt kuzatuvchilari 327 milliondan ortiq. Tarmoqning test rejimidagi yangi siyosatiga asosan qo‘yilgan suratga bosilgan layklar sonini bilish imkonsiz.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid