Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Juno zondi Yupiter sayyorasiga yaqinlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Foto:nasa.gov
NASA agentligining Yupiter sayyorasiga yuborgan fazoviy qurilmasi – Juno zondi xavfsiz “uyqu” tartibidan uyg‘ondi. Ayni vaqtda ulkan Yupiter orbitasida bo‘lib turgan apparat, uchinchi marta sayyoraga yaqinlashish uchun hozirlik ko‘rmoqda, deya xabar qilmoqda Amerika Fazo agentligi.
«Juno kutilganidek, dam olish tartibidan chiqdi va bizning buyruqlarimizga javob bermoqda», —degan dastur rahbari Rik Nibakken.
Ma'lum bo‘lishicha, Juno o‘z faoliyatini to‘liq tiklagach, «Yupiterga yaqinlashish arafasida dvigatellarni qisqa muddatga ishlatib ko‘rgan».
Mutaxassislar, zondning kompyuter tizimi mustaqil ravishda dam olish tartibiga o‘tganiga nima sabab bo‘lganini aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Rejaga ko‘ra, noyabr oyi boshlarida zondning barcha ilmiy-tadqiqot uskunalari ishga tushiriladi. Zond 11 dekabrda ulkan gazli sayyoraga yaqinlasha boshlaydi.
Mavzuga oid
08:09 / 05.01.2026
Orbitaga yeta olmagan missiyalar: 2025 yildagi eng yirik kosmik avariyalar
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
14:38 / 14.11.2025
NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi
07:24 / 31.10.2025