Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil muxolifati G‘azoni egallab olish rejasini «falokat» deb atadi
G‘azo sektorining eng yirik shahri ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olish qarori garovga olinganlar va ko‘p sonli askarlarning o‘limiga olib keladi, dedi Isroil muxolifati yetakchisi Lapid. U Netanyahuni o‘ta o‘ng lagerga yon bosganlikda aybladi.
Yair Lapid Foto: Ohad Zwigenberg/AP Photo/picture alliance
Isroil muxolifati hukumatning G‘azo shahri ustidan nazoratni o‘z ichiga olgan Falastinning HAMAS harakati ustidan g‘alaba qozonish rejasini keskin tanqid qildi. Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid 8 avgust, juma kuni xavfsizlik kabinetining G‘azoni egallash haqidagi qarorini «ko‘plab boshqa oqibatlarga olib keluvchi falokat» deb atadi.
Hukumatning qirg‘oq bo‘yidagi eng yirik shaharni egallashi rejalashtirilayotgani isroillik garovga olinganlar va ko‘p sonli isroillik askarlarning o‘limiga sabab bo‘ladi, deb yozadi X ijtimoiy tarmog‘ida Lapid. U bosh vazir Binyamin Netanyahuni armiyaning e’tirozlariga qaramay, o‘ta o‘ng lagerdagi hamkorlari Itamar Ben-Gvir va Betsalel Smotrich bosimiga yon bosganlikda aybladi. Isroil hukumatidagi har ikki o‘ta o‘ng pozitsiyadagi vazir butun G‘azo sektorini nazorat ostiga olishni va u yerda yashovchi 2 million falastinlikni chiqarib yuborishni talab qilmoqda.
Shu kuni ertalab Isroil xavfsizlik mahkamasi Falastinning HAMAS harakatini «mag‘lubiyatga uchratish» va G‘azo shahri ustidan nazorat o‘rnatish rejasini ma’qulladi. Bu qaror Isroil yuqori martabali amaldorlarining tungi uchrashuvidan so‘ng – urushni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro chaqiriqlar kuchayib borayotganiga va ko‘plab isroilliklarning HAMAS tomonidan garovga olinganlar taqdiridan qo‘rqib norozilik bildirishiga qaramay qabul qilindi.
Netanyahu avvalroq Amerikaning Fox News telekanaliga bergan intervyusida ba’zi rejalari haqida gapirib, Isroil butun G‘azo sektorini nazorat qilishni rejalashtirayotganini aytgan edi. Isroil armiyasi allaqachon eksklavning to‘rtdan uch qismini nazorat qilmoqda.
Mavzuga oid
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
20:52 / 25.12.2025
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?
19:47 / 25.12.2025
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi
10:53 / 24.12.2025