Özbekiston mustaqil bölgandan keyin tizimli islohotlar yölidan bormagani uçun, 5-6 million kişisi mehnat migrantiga aylandi. Çunki aynan tizimli islohotlar işçi örinlarini yuzaga keltiradi, buyruq yoki topşiriqlar emas. Özbekiston esa aslida işçi yuboruvçi emas, aksinça, işçi jalb qiliş potensialiga ega bölgan mamlakat.

Mehnat migratsiyasi bizda ikki yönalişga bölindi. Bir yönaliş bu – malakasiz işsizlar rivojlanayotgan mamlakatga yöl oldi va ular uçun arzon işçi kuçi vazifasini ötadi. Bu bilan ular özga mamlakatlarni rivojlantirdi. Özbekistonda esa butunboşli sohalar tanazzulga uçradi. Ikkinçi yönaliş – malakali, qimmatli kadrlar rivojlangan mamlakatlarga ketdi va öşa mamlakatlarni kadrlar bilan boyitdi. Özbekiston esa deyarli kadrlarsiz qoldi. Zero, yaxşi kadrlar isloh qilinmagan mamlakatlarda qolmaydi, voy desangiz ham, dod desangiz ham şu.

Rossiyaga millionlab malakasiz işçilar qanday ketganini, ketayotganini, ular u yerda aksar ruhan tuşkun ahvolda işlab kelayotganini yaxşi bilamiz. Bu haqida köp gapirdik. Ammo bir payt kelib, yana bir yönaliş paydo böldi, bu – Janubiy Koreyaga işçi jönatiş. Bu soha davlat idorasiga yuklandi va odatdagidek, kattakon korrupsion sxemaga aylandi: Janubiy Koreyaga boriş uçun sodda odamlar qandaydir “yordam beruvçilar”ga pul berib kelişdi. Va ularga beriladigan pul miqdori oşib boraverdi.

Heç kimga sir emasdi – bu pullar Toşkentga qarab yöl olardi. Zero, aynan pul berganlar Koreyaga ketiş imkonini qölga kiritardi.

Yangi davr keldi, bu sohani isloh qilişga kirişildi. Nimalardir qilindi, ammo sodda odamlar hamon Janubiy Koreyaga işga ketiş uçun pul berişyapdi. Hozirda bu norasmiy raqam 15 ming dollarni taşkil qiladi. Bunça puli bölmaganlar-çi? Ular “yordamçilar”ning hisobidan ketadi va Janubiy Koreyaga borib olgandan keyin ularga 25 ming dollargaça işlab berişi kerak böladi.

Endi vaziyatga tepadan qaraymiz-da, öylab köramiz: özi noçor, işsiz, işlab oilasini ta’minlaşni niyat qilgan odamlar nega işlaşga boriş uçun bunça pul tölaşga majbur bölyapdi? Va yana öşa tabiiy savol: bu pullar kimlarning çöntagiga yetib boryapdi?

Biz Janubiy Koreya biznesi haqida hali gaplaşamiz, hozir esa Janubiy Koreyadan taşqari, Yaponiyaga işçi yuboriş sohasini ham kimdir öz qöliga olayotgani alomatlari haqida gaplaşamiz.

Yaponiya yönalişida ham korrupsion tizim taşkillaştirmoqçi bölişayotgani haqida gapirişdan oldin, 2020 yilda Özbekistondan Yaponiya işga ketiş, jönatiliş mexanizmi qanday taşkillaştirilganiga e’tibor qaratamiz.