Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors «Cobalt Midnight»ning qimmat narxda sotilayotganini rad etdi
Rasmiy narxi 155,2 million so‘m bo‘lgan «Cobalt Midnight» ba’zi avtosalonlarda 167 million so‘mdan sotila boshlagani haqida xabarlar tarqaldi. Bunda ko‘proq pul to‘laganlarga avtomobilni navbatsiz olish imkoniyati taqdim etilishi keltirilgandi. «O‘zavtosanoat» axborot xizmati ushbu xabarlarni rad etdi va dilerlik markazlari avtomobillar narxini mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega emasligini ma’lum qildi.
Foto: UzAuto Motors
Bir necha kun oldin Avtostrada nashri UzAuto Motors dilerlari Cobalt Midnight avtomobilini zavoddan rasmiy narx – 155,2 mln so‘mdan sotib olishi, keyin esa bozorlarda olibsotarlar bilan raqobatlashish uchun sotuv narxini mustaqil ravishda belgilashi, xususan, 167 mln so‘mdan sotishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Shuningdek, avtodilerlarga qo‘shimcha haq to‘lansa, mashinani navbatsiz olish mumkinligi ham keltirilgandi.
«O‘zavtosanoat» axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, dilerlik markazlari avtomobillar narxini mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega emas. Barcha sotuvlar faqat kompaniya tomonidan belgilangan rasmiy narxlar asosida amalga oshirilishi shart.
«Kompaniya dilerlarning faoliyatini doimiy monitoring qilib boradi. Agar belgilangan rasmiy narxdan yuqori bahoda sotish holatlari aniqlansa, bunday holatlar dilerlik shartnomasini buzish sifatida baholanadi va tegishli choralar ko‘riladi.
Hozirgi vaqtda UzAuto Motors «Cobalt Midnight» AT avtomobili 167 million so‘mdan sotilgan holatlarni qayd etmagan», deyiladi kompaniya bayonotida.
Mavzuga oid
11:15 / 01.12.2025
Sirdaryoda zovurga tushib ketgan Cobalt qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi
17:08 / 22.11.2025
Cobalt bozorda yetakchi: umumiy ishlab chiqarishning qariyb uchdan biri shu model hissasiga to‘g‘ri keldi
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
18:27 / 03.11.2025