Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors 2,5 soatda Cobalt uchun 100 mingta shartnoma tuzdi
3 noyabr kuni UzAuto Motors Cobalt avtomobillari xaridi uchun onlayn shartnomalar tuzdi va kutilganidek savdo bir necha soatda yakunlandi. Kompaniyaga ko‘ra, 2,5 soat ichida 100 mingta shartnoma tuzilgan.
Foto: UzAuto Motors
Avtomobillarning 99% dan ortig‘ini jismoniy shaxslar xarid qilgan. Faqat birinchi soatning o‘zida 53 mingdan ortiq ariza kelib tushdi, deydi kompaniya.
Soat 10:00 da boshlangan kontraktatsiya qariyb 2,5 soat davom etdi. Soat 12:26 holatiga jami 100 mingta shartnoma rasmiylashtirilgan.
Shundan 99 493 tasi One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga, 507 tasi esa yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shartnomalarning yarmidan ko‘pi (53 911 tasi) kontraktatsiyaning birinchi soatida imzolangan, soat 11:50 ga kelib esa mijozlar 88 mingdan ortiq kelishuvlarni rasmiylashtirgan.
Kontraktatsiya jarayonida kompaniya Call-markazi jami 876 ta murojaatni qabul qildi. UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimi 560 marta kiberhujumga uchragan.
Kompaniya onlayn tizim orqali shartnoma olgan mijozlar 7 kun ichida shartnoma shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirishlari kerakligini eslatmoqda.
Onlayn tuzilgan shartnomalarda maxsus QR-kod mavjud bo‘ladi, u shartnomaning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Bunday QR-kodga ega bo‘lmagan shartnomalarga UzAuto Motors va Chevrolet rasmiy dilerlari aloqador emas. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi mijozlardan diqqatli bo‘lishlarini va shartnoma tuzishda ushbu QR-kod mavjudligini tekshirishni so‘radi.
Cobalt uchun kontraktatsiya ochilishi oktyabr oyi o‘rtalarida ma’lum bo‘lgandi.
O‘shanda yangi Cobalt’ning qo‘shimcha imkoniyatlari ham bayon qilingan. UzAuto bu model uchun shartnomalar faqat onlayn tuzilishini ma’lum qilgandi. Kompaniyaga ko‘ra, yangi Sobalt’ga talab shu qadar yuqoriki, mijozlar so‘rovi, yuqori talabdan kelib chiqib, ortiqcha ajiotajlarning oldini olish uchun faqat onlayn savdo o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:15 / 01.12.2025
Sirdaryoda zovurga tushib ketgan Cobalt qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi
17:08 / 22.11.2025
Cobalt bozorda yetakchi: umumiy ishlab chiqarishning qariyb uchdan biri shu model hissasiga to‘g‘ri keldi
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
19:34 / 15.11.2025