Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cobalt bozorda yetakchi: umumiy ishlab chiqarishning qariyb uchdan biri shu model hissasiga to‘g‘ri keldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda jami 370 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning 131 769 donasini Cobalt rusumli mashinalar tashkil etdi. Bu umumiy ishlab chiqarish hajmining qariyb uchdan bir qismiga teng.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘n oyida turli rusumdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30,2 ming donaga oshgan.
2025 yil yanvar–oktyabr oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar tarkibi quyidagicha:
- Cobalt – 131 769 dona;
- Damas – 75 846 dona;
- Tracker – 40 034 dona;
- Onix – 25 599 dona;
- KIA – 21 970 dona;
- Chery – 7 771 dona;
- Haval – 7 654 dona;
- BYD – 15 010 dona;
- Tank 500 – 500 dona;
- maxsus yengil avtomobillar – 44 297 dona.
Cobalt modeli hali ham ichki bozorda eng katta talabga ega modellardan biri bo‘lib qolmoqda. Avtomobil ishlab chiqarish hajmining o‘sishi mahalliy avtosanoat korxonalari quvvatlarini kengaytirish, yangi modellar lineykasi joriy etilishi hamda ichki bozorda yengil avtomobillarga bo‘lgan barqaror talab bilan izohlanmoqda.
Mavzuga oid
17:38 / 09.06.2026
Bir yilda bitta mashinaga sertifikat cheklovi bekor qilindi: bu nimani anglatadi?
11:30 / 08.06.2026
O‘zbekiston aholisi o‘rtacha necha yoshda?
21:44 / 05.06.2026
May oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
21:37 / 05.06.2026