O‘zbekiston | 08:16 / 16.12.2019
19517
2 daqiqa o‘qiladi

Surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida o‘zaro tiyib turish tamoyillari joriy etiladi

Foto: kp.ru

O‘zbekistonda prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qo‘zg‘atish, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni to‘xtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish tartibi joriy etiladi.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida aytilishicha, 2020 yil aprel oyiga qadar bu borada tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Ijro uchun mas'ullar - Oliy sud (Komilov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov).

Shuningdek, huquqni cheklaydigan protsessual majburlov choralarini qo‘llash, jumladan shaxsni ushlab turish holatlarini hisobga oladigan yagona elektron tizimni yaratish choralarini ko‘rish mo‘ljallanmoqda.

Protsessual harakatlarni amalga oshirish doirasida yagona elektron tizimdan majburiy foydalanish tartibi ham joriy qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid