Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha forum o‘tkaziladi
2026 yil sentabr oyida Toshkent shahrida sun’iy intellekt etikasiga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Foto: neuronus.com
O‘zbekistonning YuNeSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi tashabbusi bilan sun’iy intellekt etikasini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn muloqot tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda YuNeSKO huzuridagi Doimiy vakolatxona vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, YuNeSKOning Tadqiqotlar, etika va inklyuziya bo‘limi direktori vazifasini bajaruvchi Dafna Faynxols hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar sektori boshlig‘i Mariagratsiya Skvichcharini ham qatnashdi.
Muloqot davomida 2026 yil sentabr oyida Toshkentda sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar forumini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu forumni O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi ilk bor 2025 yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YuNeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ilgari surilgan.
Tomonlar sun’iy intellektni rivojlantirish va uni qo‘llashning texnik hamda axloqiy jihatlari yuzasidan fikr almashdi. O‘zbekiston tomoni mazkur yo‘nalishda YuNeSKO bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va mazkur sohada konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
20:55 / 23.04.2026
Ta’limda sun’iy intellekt: talabalar oldinda, universitetlar orqada qolmoqda
10:11 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi
22:00 / 20.04.2026