Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada bir oila is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi
Foto : panram.ru
Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida 16 yanvar soat 07.00 larda Shodlik ko‘chasi 19-uyda yashagan, 1962 y.t. M.T. va birga yashagan turmush o‘rtog‘i, 1964 y.t. A.T. uyida propan gaz balonini isitish pechiga ulashda texnika xavfsizlik qoidalariga, rioya qilmasliklari oqibatida pechdan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, M.T. voqea joyida va A.T. kasalxonaga keltirilganida vafot etganlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shuningdek, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida Ujakent MFY Mingbuloq ko‘chasida yashovchi fuqaro uyida gaz pechini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada uy egasi va uyida mehmonda bo‘lgan qo‘shnisi xam kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar.
Mavzuga oid
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026
Uchko‘prik hokimi tashlandiq bog‘cha muammosidan nega ko‘z yumyapti?
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
08:00 / 08.05.2026