Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va manfaatdor kompaniyalarni import qilish doirasida hamkorlikka chaqiradi
O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi — bu O‘zbekiston va Germaniya kompaniyalari o‘rtasidagi eksport-import operatsiyalari, shuningdek yevropalik investorlar va innovatsion texnologiyalarni respublikamiz iqtisodiyotiga jalb qilish uchun tijoriy platformadir. Kompaniya quyidagi uchta yo‘nalish bo‘yicha faoliyat olib boradi: import, eksport va investitsiyalarni jalb qilish.

Import bo‘limi doirasida O‘zbekistonning barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari va manfaatdor kompaniyalariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilishni taklif etadi:
1. Uskunalarni kompleksli yetkazib berish:
- So‘rov bo‘yicha Germaniya va YeI boshqa mamlakatlarida uskunalarni izlash va texnik-tijorat taklifini taqdim qilish;
- Viza olishga ko‘maklashish va ishlab chiqarishni joyida ko‘rib chiqish uchun Germaniyaga safarni tashkil etish;
- Germaniyadagi safar davomida transport bilan ta'minlash, texnikaviy maslahatlar berish va ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralarda ko‘maklashish;
- Loyihani moliyalashtirish, shartnomani tuzish bo‘yicha maslahatlar berish va uskunalar ishlab chiqarilishi ustidan texnikaviy nazoratni olib borish;
- Yuklab jo‘natishdan oldingi inspeksiya, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish, yuklab jo‘natish, logistikani tashkil etish va yuklarni sug‘urta qilish;
- Injiniring: ishlab chiqarish obektining infratuzilmasini tayyorlash bo‘yicha ishlar va uskunalarni ishga tushirish va sozlash;
- Kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish.
Tabdirkorlarning mablag‘larini optimallashtirish injiniring (ishga tushirish va sozlash ishlari) va logistika bo‘yicha chiqimlarni kamaytirish, shuningdek yevropalik ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish yo‘li orqali kompaniyani qo‘llab-quvvatlash hisobidan amalga oshiriladi.

2. MAN, DAF, IVECO, Volvo, Scania va Renault rusumli ishlatilgan yuk avtotexnikasini Germaniya va YeI boshqa mamlakatlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish.
O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi bilan ishlash afzalliklari:
- Belgilangan vazifasi va mablag‘ga qarab yuk avtomobillar va tirkamalarni tezkor qidirish va tanlab olish;
- Sheriklar tarmog‘ining keng bazasi va turli texnikani taqdim qilish imkoni: yuk avtomobillari, refrijyeratorlar, samosvallar, almashtiriladigan shassi, suyuq yoqilg‘ini tashish uchun avtosisternalar, yarim tirkamalar, avtopoyezd va boshqalar;
- Texnikaning texnik holatini diagnostika qilish va asosiy bog‘lamalar va agregatlarga olti oydan ko‘proq muddatga kafolatni ta'minlash;
- O‘zbekistongacha yuk texnikasining logistikasini ta'minlash;
- Haq to‘lash, kredit yoki lizingga olishning moslanuvchan shartlari;
- Uzoq muddatli shartnomada texnikani ijaraga berish imkoni.
3. Butlovchi va ehtiyot qismlarni import qilish Germaniyadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi, xususan:
- Quyidagi qurilish mashinalari uchun ehtiyot qismlar: Komatsu, Caterpillar, Hitachi, Vögele, Wirtgen, Dynapac, Hamm, BELL, Vovo,Terex, Atlas Copco, Atlas GmbH, Bobcat, Doosan, Case, New Holland, Hyundai, JCB, Kobelco, Liebherr, Wacker Neuson;
- Quyidagi qishloq xo‘jalik mashinalari uchun ehtiyot qismlar: Claas, John Deere, Krone, Manitou, New Holland, Case-IH, David Brown, Deutz Fahr, Fendt, Ford, Hurlimann, John Deere, Lamborghini, Landini, Massey Ferguson, McCormick, Steyr;
- Quyidagi yuk mashinalari uchun ehtiyot qismlar: MAN, Mercedes Benz, Iveco, Renault, Scania, Volvo;
- Quyidagi ichki yonuv dvigatellari (IYoD) uchun ehtiyot qismlar: Deutz, Cummins, Volvo Penta, Caterpillar, Mercedes;
- Quyidagi logistik transport vositalari (ayrili yuklagich) va logistika tizimlari uchun ehtiyot qismlar: Linde, Toyota, Jungheinrich, Hyster, Still, Mitsubishi, Nissan, BT, Caterpillar, Komatsu, Kalmar, Clark, TCM, Manitou, Yale, Doosan, Fiat, Steinbock - Crown, Atlet, Heli, Hangcha, Baoli, Tailift, Mitsubishi;
- Quyidagi dvigatel rusumlari uchun ehtiyot qismlar: MTU, Detroit Diesel, Cummins, Mercedes Benz, Caterpillar, MAN, Perkins, Deutz, Volvo Penta.
- Quyidagi transmissiya rusumlari uchun ehtiyot qismlar: Allison Transmission, ZF, Clark, DANA, Kessler.

O‘zbekiston-Germaniya savdo uyining afzalliklari:
- Barcha buyurtmalar tezkor ishlanishi va bir kun ichida tijorat taklifi taqdim qilinishi;
- YeI mamlakatlarining ko‘pgina yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatilganligi tufayli ehtiyot qismlarga raqobatdosh narxlar;
- Ehtiyot qismlar va shoshilinch buyurtmalarni 10 kungacha bo‘lgan muddatda tezkor yetkazib berish;
- Tez-tez ishlatiladigan ehtiyot qismlar bo‘yicha Germaniya va O‘zbekistonda konsignatsiya ombori mavjudligi;
- Chet el valyutasida ham, so‘mda ham yetkazib berish imkoni.
Telefonlar: +99871 2522156, +99871 2565459, +99890 9444054
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Rakatboshi 5-tor ko‘chasi, 10-2 uy.
E-mail: [email protected]
Sayt: uzgertrade.com
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:13 / 10.01.2026
Germaniya, Fransiya va Britaniya Rossiyaning “Oreshnik” raketa zarbasini qoraladi
09:04 / 10.01.2026
Tehron Yevropa davlatlarini “ikkiyuzlamachilik”da aybladi
14:26 / 09.01.2026
GFR maxsus xizmati: Rossiya Germaniyada qurol-yarog‘ uchun texnologiyalar sotib olishga urinmoqda
12:53 / 09.01.2026