Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev: Jahon iqtisodiyotini yangi sanoat inqilobi jonlantiradi
Jahon iqtisodiyotini jonlantirish uchun yangi sanoat inqilobi, innovatsiyalar va texnologiyalar asos bo‘la oladi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev G20 sammitida ana shunday fikr bildirdi.
"Qozog‘iston prezidenti yangi sanoat inqilobi, raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarni jahon iqtisodiyotini jonlantirishga yo‘naltirilgan tadbir sifatida taklif qildi", - deyiladi davlat rahbarining rasmiy saytidagi xabarda.
"Bu vazifani faqatgina inklyuziv tamoyillarga tayanib, amalga oshirish mumkin. G20 va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida muloqot markazini aniqlab olish zarur", - dedi Nazarboyev.
Qozog‘iston prezidentining ta'kidlashicha, butun dunyoda, shu jumladan rivojlanayotgan davlatlarda ham valyuta kurslarini barqarorlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish lozim.
Shuningdek Nazarboyev iqtisodiyotni tartibga solish uchun yagona global tashkilot tuzish taklifini kiritdi.
Mavzuga oid
12:21 / 21.11.2025
G20 JARda: sammit Tramp, Si va Putinsiz start olmoqda
20:58 / 13.11.2025
Tramp va Putin ortidan Si ham G20 sammitiga borishdan bosh tortdi
12:24 / 08.11.2025
Tramp JARdagi G20 sammitiga boykot bilan tahdid qilmoqda
09:10 / 20.11.2024