AQŞ prezidenti Donald Tramp 22–23 noyabr kuni Yoxannesburgda ötadigan G20 (“Katta yigirmatalik”) sammitiga mezbonlik qiladigan Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)ga boykot bilan tahdid qildi. 8 noyabrga ötar keçasi u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi navbatdagi xabarida bu mamlakatni oq tanli dehqonlarni öldiriş va ularning yerlarini noqonuniy tortib olişda yana aybladi.

«Uşbu inson huquqlari buzilişi davom etar ekan, AQŞ hukumatining biror vakili ham sammitda iştirok etmaydi», — deb yozdi Tramp öz da’volariga dalil keltirmasdan. Şu bilan birga u 2025 yilgi an’anaviy G20 tadbirini ötkaziş joyi sifatida JARni tanlaşni «şarmandalik» deb atadi.

Tramp 5 sentabr kuni “Katta yigirmatalik”ning noyabr oyida JARdagi sammitida iştirok etmasligini aytgan edi. Oq uy rahbari örniga sammitga AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens boradi, deb kutilgan. Biroq Trampning yangi bayonotidan Vensning Yoxannesburgga safari ham bekor qilinişi anglaşiladi.

21 may kuni JAR prezidenti Siril Ramafosa Oq uyga taşrif buyurganida, Donald Tramp Janubiy Afrika Respublikasida göyo ommaviy ravişda oq tanli dehqonlar öldirilayotganini aytdi. Dalil sifatida u bir neça suratni körsatdi. Reuters’ning keyinroq xabar berişiça, uşbu rasmlardan biri Kongo Demokratik Respublikasi (KDR)ning Goma şahrida isyonçilar bilan töqnaşuvlardan söng qutqaruvçilar jasad qoplarini kötarayotgan manzarani aks ettirgan.

Oval kabinetdagi uçraşuv çoğida Ramafosa kam sonli oq tanli aholiga nisbatan «genotsid» ayblovlarini keskin rad etdi.

Tramp ommaviy qotillikka yana bir «dalil» sifatida qişloq yöli böylab qator qöyilgan yuzlab oq xoçlar aks etgan kadrlarni keltirdi. Oq uy rahbari ularni göyo mingga yaqin öldirilgan oq dehqonlarning qabrlari deb ta’kidladi. Aslida esa, KNA agentligi ma’lumotiga köra, bu tasvirlar 2020 yili JARning şarqiy qismdagi norozilik aksiyasiga oid edi.

Donald Trampning sözlariga köra, 2026 yilgi G20 sammiti dekabr oyida uning Mayamiga yaqin Doral şahrida joylaşgan golf-klubi va mehmonxona-majmuasida bölib ötadi. «Ha, u Doralda ötadi. Hamma aynan öşa yerda bölişni istaydi, çunki kurort aeroportning yonida, bu eng yaxşi joy, u ajoyib», — dedi prezident sentabr boşida.

Respublikaçining ta’kidlaşiça, u uçraşuvni taşkil etişdan pul topmaydi. «Bu pul haqidagi kelişuv emas», — dedi u. Tramp, şuningdek, AQŞdagi sammitda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Jinpingni mamnuniyat bilan qabul qilişini qöşimça qildi.