Germaniya kansleri Olaf Şols G20 sammitining yakuniy deklaratsiyasida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruş uçun javobgarligi körsatilmaganidan hafsalasi pir bölganini bildirdi. Germaniya hukumati rahbari 19 noyabr, seşanba kuni Rio-de-Janeyroda aytişiça, Rossiya ming kun davomida qöşni davlatni şafqatsizlarça bombardimon qilmoqda.
«Ming kun, bu davrda odamlar kör-körona uluğvorlik xayollari, öz mamlakatini kuç bilan kengaytiriş niyati tufayli azob çekişi kerak bölyapti», deb ta’kidladi nemis siyosatçisi. Şols iqtisodi eng rivojlangan va rivojlanayotgan 20 ta davlat vakillari Moskva mas’uliyati haqida aniq söz topa olmaganidan şikoyat qildi.
Şu bilan birga, Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari Kiyevga uzoq masofali TAURUS qanotli raketalarini yetkazib berişga yana bir bor qarşi çiqdi. Ukraina tomonini bunday qurollar bilan ta’minlaş köp sabablarga köra xato böladi, deb tuşuntirdi kansler. Uşbu qurollarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, nemis tomoni nişonni nazorat qiliş bilan şuğullanişdan boşqa tanlovga ega emas, ammo bunday qadam «men töğri deb hisoblamaydigan iştirok darajasini» anglatadi, deya qöşimça qildi Şols.
Riodagi G20 sammitida oçarçilikka qarşi ittifoq
Rio-de-Janeyrodagi G20 sammitida oçarçilik va qaşşoqlikka qarşi global alyans tuzilişi rejalaştirilgandi. Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva 18 noyabr kuni tadbirni oçar ekan: «Oçarçilik va qaşşoqlik tanqislik yoki tabiiy hodisalar natijasi emas», dedi. Uning fikriça, bu insoniyatning katta qismi manfaatlarini istisno qiluvçi siyosiy qarorlar natijasidir.
Oçarçilik «insoniyatni şarmanda qiladigan doğdir», deya qöşimça qildi Braziliya prezidenti. Bu taşabbus Braziliyaning G20'da raisligi asosiy mavzularidan biridir. Uning doirasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş böyiça tajriba almaşiş va tegişli çora-tadbirlarni muvofiqlaştiriş kutilgan.
«Bu bizning asosiy merosimiz böladi», dedi Lula da Silva. U oçarçilik va qaşşoqlikka qarşi kuraş dunyo tinçligini örnatişning zaruriy şarti ekanini ta’kidladi. Amerikalararo taraqqiyot banki taşabbusga 25 milliard dollar va’da qilgan.













