Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z joniga qasd qilishlarning 78 foizi o‘rta va past daromadga ega davlatlarda yuz beradi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda har 40 soniyada bir odam o‘z joniga qasd qiladi. Har yili 100 ming kishidan o‘rtacha 11 kishi o‘z hayotiga chek qo‘yadi.
JSSTning Yevropa byurosi davlatlarida bu ko‘rsatkich ikki jins vakillari uchun 100 ming kishidan 13 kishini va 100 ming erkakdan 20 kishini tashkil qiladi. Yevropada Litva, Qozog‘iston va Rossiyadagi erkaklar ko‘proq o‘z joniga qasd qiladi – 100 ming erkakdan 40 nafari.
Ta'kidlanishicha, o‘z joniga qasd qilish butun dunyo bo‘yicha 15-29 yoshlilar o‘rtasidagi o‘limning ikkinchi sababi hisoblanadi. Bunday holatlarning 78 foizi o‘rta va past daromadga ega davlatlarga to‘g‘ri keladi.
Butun dunyodagi o‘z joniga qasd qilishlarning taxminan 20 foizi pestitsidlardan zaharlanish oqibatida sodir bo‘ladi. Aksariyat bunday holatlar qishloq hududlarida yuz beradi.
O‘z joniga qasd qilishda keng qo‘llanadigan boshqa usullar – o‘zini osish va o‘qotar qurol qo‘llash hisoblanadi.
Boy davlatlarda bunday fojialar psixik va psixologik kasalliklar, jumladan ichkilikbozlik va tushkunlik bilan bog‘langan. Biroq odamlar inqiroz vaqtida yoki jiddiy iztirobga tushganlarida o‘z jonlariga qasd qiladilar.
JSSTda o‘z joniga qasd qilish holatlarining o‘z vaqtida ko‘rsatilgan, ishonchli ma'lumotlarga asoslangan va qimmat bo‘lmagan choralar yordamida oldini olish mumkinligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
13:05 / 02.12.2025
Qizamiqdan o‘limlar soni kamaydi, lekin kasallanish ko‘rsatkichlari oshib bormoqda – JSST
20:28 / 16.11.2025
Misr qadimiy kasalliklardan biriga barham berilganini e’lon qildi
13:32 / 16.10.2025
Bakteriyalarning antibiotikka chidamliligi keskin ortmoqda – JSST
18:05 / 15.10.2025