Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 avgustdagi tegişli qarori bilan joriy 2022-2023 öquv yilidan Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylaşgan umumiy örta ta’lim maktablarida boşlanğiç sinf öquvçilarini bepul ovqat bilan ta’minlaş tizimi yölga qöyilgandi. Kegeylidagi holat keytering taşkilotlari tomonidan bolalarni ovqatlantirişda qator kamçiliklarga yöl qöyilayotganini körsatib qöydi.
Bir bolaga 4700 söm
Boşlanğiç sinf öquvçilarini ovqatlantiriş qanday amalga oşiriladi? Hukumatning yuqoridagi qarori bilan “Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy örta ta’lim muassasalarida soğlom ovqatlantiriş tizimini keytering usulida taşkil etiş tartibi töğrisida”gi Nizom tasdiqlangan.
Mazkur Nizomga köra, sanitariya-gigiyena me’yorlaridan kelib çiqib, bitta öquvçini bir mahal oziq-ovqat bilan ta’minlaşning örtaça narxi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelişgan holda har öquv yili uçun tasdiqlanadi. Bunda örtaça narx sanitariya-gigiyena me’yorlarida belgilangan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini tegişli hududdagi mahsulotlarning örtaça bozor narxiga köpaytirgan holda aniqlanadi. Uşbu summa hozirgi kunda 4700 sömni taşkil etadi.
Keytering xizmatlariga haq tölaş miqdori barça xarajatlarni (soliqlar, xodimlarning iş haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni ta’mirlaş va ulardan foydalaniş va boşqalarni) öz içiga olgan holda 20 foizgaça miqdorda belgilanadi.
Yegulik qanday holatda yetkazilişi kerak?
Albatta, keytering taşkilotiga bir qator talablar qöyilgan. Jumladan, taşkilot tayyor taomlarni qadoqlangan, bir marta işlatiladigan qutilarda sovitkiç moslamasi örnatilgan maxsus avtotransport vositalarida maktablarga yetkazişi zarur.
Keytering taşkiloti uzoq va olis hududlardagi maktablarga qadoqlangan tayyor taomlarni öz vaqtida, sifati buzilmagan holda yetkazib beriş maqsadida öşa yerda joylaşgan maktablarning birida tayyor mahsulotlarni saqlaşni taşkil etadi. Bunda yetkazib berilgan qadoqlangan tayyor taomlar ularning sifatiga ta’sir qilmagan holda texnik vositalarda (muzlatkiç, vakuum moslamalari, ovqat uçun moslangan konteynerlar) saqlanişini ta’minlanadi.























