Sirdaryoda kuchli ta’sir etuvchi dorilar olib ketayotgan mashina YPX mashinasini urib yubordi va qochishga urindi
U YPX xodimlariga tegishli xizmat mashinasini urib yuborib, pastlikka tushib ketgan.
Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 18 mart kuni olingan tezkor xabar asosida viloyat DXX va bojxona boshqarmalari hamda viloyat IIB JQB tezkor xodimlari hamkorligida Sayxunobod tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbirda davlat raqami yechib qo‘yilgan Lacetti mashinasini YPX xodimlari yordamida to‘xtatilish choralari ko‘rilgan vaqtda uning haydovchisi YPX xodimining qonuniy buyrug‘iga bo‘ysunmay qochishga urinadi.
U yo‘l chetida to‘xtab turgan YPX xodimlariga biriktirilgan davlat raqami 20 716 VSF xizmat mashinasiga shikast yetkazgan holda YPX maskani yonida joylashgan pastlikka tushib ketgan. Shundan so‘ng mashinada bo‘lgan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.
Mashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tarkibida ko‘p miqdorda kuchli ta’sir etuvchi hamda giyohvandlik moddasi bo‘lgan dori vositalari borligi aniqlanib, ular daliliy ashyo sifatida olingan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:04 / 14.10.2024
Chilonzorda salkam 44 ming dollarga qalbaki dori sotganlar ushlandi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024