Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobodda Lacetti qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib Nexia-3 bilan to‘qnashdi
Poytaxtning Yashnobod tumanida rul boshqaruvini yo‘qotgan Lacetti haydovchisi yo‘lning qarshi tarafiga o‘tib ketdi. Nexia-3 bilan bo‘lgan to‘qnashuvda yo‘lovchi vafot etdi, har ikki haydovchi jarohatlandi.
Toshkentning Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida 20 dekabr kuni ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahri YHXB.
Soat 03:45 larda 2004 yilda tug‘ilgan J.Y. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi tomonga o‘tib ketgan. Narigi yo‘lda 1977 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi Nexia-3 bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Nexia-3 yo‘lovchisi vafot etdi, tarqalgan suratlarda mashina ham jiddiy shikastlanganini ko‘rish mumkin. Haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Holat yuzasidan poytaxt IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish; o‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Bu holatda ayblanuvchi muayyan huquqdan mahrum qilib, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026